1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”


Download 1.91 Mb.
bet58/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati ko‘rsatiladi.
Beg‘araz asosda qayta ishlashda grafada “0” ko‘rsatiladi.
Tovarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi. Bojxona qiymati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada 45-grafada keltirilgan bojxona qiymati asosida hisoblangan tovarlarning statistik qiymati ming AQSh dollarida ko‘rsatiladi. Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qo‘llaniladi;
4) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
Shu bilan birga, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imning hisoblash asosi tovarning bojxona qiymatidan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa bojxona to‘lovlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi va undiriladi.
(75-band 4-kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16-bob. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashda va qayta ishlashdan so‘ng qaytarib olib chiqib ketishda BYuDni to‘ldirish
Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling