1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet66/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

15) 19-grafa. “Konteyner”.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
“0” — agar tovarlar konteynerda olib o‘tilmayotgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
“1” — agar tovarlar konteynerda olib o‘tilayotgan yoki tovar sifatida konteyner rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa.
(88-bandning 15-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
16) 21-grafa. “Chegaradagi transport vositasi”.
Grafada tranzit tovarlari kelib tushadigan bojxona organi orqali O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketilayotgan transport vositalari haqidagi ma’lumotlar mazkur bandning 14-kichik bandiga muvofiq ko‘rsatiladi.
Tovar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan transport vositasining o‘zida olib chiqib ketiladigan bo‘lsa “18-grafaga qarang” havolasi yoziladi.
Elektron BYuDda bunday havola qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi va barcha ma’lumotlar elektron BYuDning o‘zida to‘liq ko‘rsatiladi.
Grafa deklarantda tovarlar bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan transport vositasi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmaganda (tovarlar bojxona nazorati ostida qayta yuklanadigan holatlarda) to‘ldirilmaydi;
17) 22-grafa. “Valyuta va tovarlarning umumiy faktura qiymati”.
Grafaning chap bo‘lmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq tovar baholangan valyutaning raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida raqamlarda deklaratsiyalanayotgan tovarlar turkumining umumiy baholangan summasi ko‘rsatiladi.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlar turkumining umumiy baholangan summasi BYuDning 42-grafalaridagi qiymatlar yig‘indisidan tashkil topadi;
18) 23-grafa. “Valyuta kursi”.
Grafada raqamli kodi BYuDning 22-grafasida ko‘rsatilgan valyutaning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi ko‘rsatiladi.
Masalan:
agar 1 Rossiya rubli = 63,41 so‘m bo‘lsa, grafada “1/63,41” ko‘rsatiladi;
agar 10 Yapon yenasi = 220,09 so‘m bo‘lsa, grafada “10/220,09” ko‘rsatiladi;
agar valyuta kontrakti O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi bo‘lsa grafada “1/1” ko‘rsatiladi;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling