1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
) 29-grafa. “Chegaradagi bojxona”
Download 1.91 Mb.
|
2773 06.04.2016
22) 29-grafa. “Chegaradagi bojxona”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan bojxona posti kodi va nomi ko‘rsatiladi; 23) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”. Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida ma’lumot ko‘rsatiladi. Ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi: 1 — tovar tavsifi hamda tovarning kuzatuv hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarning miqdor va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 2 — o‘ramga ega bo‘lgan tovar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar o‘rami turi va o‘ramlar miqdori. Agar ushbu grafada deklaratsiyalanayotgan tovar yuk joylarining hammasini egallamasa grafada “qutining bir qismi” va shunga o‘xshash yozuvlar yoziladi. Bunda o‘ram deganda tovarlarni o‘rash, himoyalash, joylashtirish va mustahkamlash yoki ajratish uchun mo‘ljallangan har qanday buyum va materiallar tushuniladi, uyum holda olib o‘tiladigan o‘rash materiallari (somon, qog‘oz, shisha tola, qipiq va shu kabilar) bundan mustasno. Sochilgan, uyumlangan, quyilgan holatda o‘ramsiz olib o‘tiladigan tovarlar uchun tegishlicha “sochilgan holda”, “uyum holida”, “quyilgan holda” kabi yozuvlar ko‘rsatiladi. Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali tashiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda 2 raqami ostida ma’lumotlar to‘ldirilmaydi. 3 — konteynerda tashiladigan tovar uchun yoki tovar sifatida konteyner olib o‘tilayotgan holatlarda — orasiga vergul qo‘yilib konteyner raqamlari yoziladi. Elektron BYuDda konteyner raqamlari alohida maydonchada har biri alohida ko‘rsatiladi. 5 — quvur transporti, elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda quyidagi yozuvlar yoziladi: “XX.XX.XXXX dan XX.XX.XXXX gacha bo‘lgan oraliqda yetkazib berish”. Bu erda raqamli belgilar bilan tovarlarni yetkazib berish boshlangan “kun, oy, yil” va tugallangan “kun, oy, yil” ko‘rsatiladi. Grafaning pastki o‘ng burchagida alohida ajratilgan joyda tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori va o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi ko‘rsatiladi (qo‘shimcha o‘lchov birligining kodi 41-grafada aks ettiriladi). Elektron BYuDda o‘lchov birligining shartli belgilanishi ko‘rsatilmasdan, faqatgina tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori yoziladi. Tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori verguldan keyingi ikkinchi belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi. Agar qo‘shimcha o‘lchov birligidagi tovar miqdori “0,01” dan kam bo‘lsa grafada tovarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori verguldan keyingi oltinchi belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi. Faqatgina asosiy o‘lchov birligi “kg” qo‘llanilgan holatlarda — grafaning pastki o‘ng burchagi to‘ldirilmaydi; Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling