30) 41-grafa. “Qo‘shimcha o‘lchov birligi”.
Grafada TIF TNda keltirilgan “O‘lchov birliklari jadvali”ga muvofiq 31-grafaning pastki o‘ng bo‘lmasida ko‘rsatilgan tovar miqdorining qo‘shimcha o‘lchov birligi kodi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar mazkur tovar uchun TIF TNga muvofiq faqat asosiy o‘lchov birligi (kg) qo‘llanilsa, grafa to‘ldirilmaydi;
(88-bandning 30-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
31) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada tovarning kuzatuv hujjatlari asosida tovarning faktura qiymati ko‘rsatiladi.
Faktura qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
32) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafada BYuDning 31-grafasida ko‘rsatilgan har bir tovar haqida bayon etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi, BYuDni to‘ldirishga asos bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Har bir hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qo‘ygan holda ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
tovarning kuzatuv hujjatlarining raqami (ro‘yxat raqami) va sanasi;
yuk tashish bitimining raqami va sanasi;
tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan tovarga oid boshqa hujjatlarning nomi, raqami va sanasi;
33) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada 42-grafada ko‘rsatilgan faktura qiymati asosida hisoblangan va “CIF (CIP) –O‘zbekiston chegarasi” yetkazib berish sharti narxlariga keltirilgan tovarning ming AQSh dollaridagi statistik qiymati ko‘rsatiladi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi kurs qo‘llaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |