7) Grafa 9. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”.
Grafada tovarlarni tashuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Tashuvchi deganda tranzit tovarlarini tashish bo‘yicha bitim tuzgan, ushbu tovarlarni jo‘natuvchi bojxona organidan tovarlar kelib tushadigan bojxona organigacha olib borish majburiyatini olgan shaxs tushuniladi.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
tashuvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — uning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili), telefon raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tashuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va yuridik manzili), telefon raqami;
8) 13-grafa.
Grafada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi AQSh dollarining O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi ko‘rsatiladi;
9) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada BYuDni to‘ldirgan va bojxona organlariga taqdim etayotgan bojxona brokeri yoki deklarantning qisqacha nomi, joylashgan eri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi;
(88-bandning 9-kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning yuqori qismida “№” belgisidan so‘ng ushbu bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) ko‘rsatiladi;
(88-band 9-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |