1) 7-grafa. “BYuDning ro‘yxat raqami”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada deklaratsiyalovchi shaxs tomonida qo‘yilgan post kodidan so‘ng BYuD raqami va u qabul qilingan sana quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
(90-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
99999 /99.99.9999 / 9999999
Oldingi tahrirga qarang.
1-element — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qo‘yilgan bojxona postining Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq beshta belgili kodi;
(90-bandning 1-kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
2, 3 va 4-elementlar — BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kun, oy va yil;
5-element — tegishli bojxona organi tomonidan rasmiylashtirilgan BYuDning tartib raqami (joriy yilda o‘sish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi). BYuDning tartib raqami qaytarilmasligi lozim;
2) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafada bojxona ko‘rigi dalolatnomasi, BYuDni rasmiylashtirish, tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan bojxona organi ixtiyorida mavjud bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Har bir hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qo‘ygan holda ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi);
Do'stlaringiz bilan baham: |