1. Taxeometrik s’yomka va uning mohiyati. Taxeometr yo‘llari va ularni geodezik tayanch tarmoqlariga bog‘lash


Leica FlexLine TS plus rusumli elektron taxeometrlarning texnik tavsiflari


Download 114.45 Kb.
bet3/3
Sana02.12.2023
Hajmi114.45 Kb.
#1780437
1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza

Leica FlexLine TS plus rusumli elektron taxeometrlarning texnik tavsiflari

Ko‘rsatkichlar

TS02

TS06

TS09

Burchak o‘lchashlar:










Gorizontal Hz /Vertikal V

3′′/ 5′′

2′′/ 3′′

1′′/ 2′′

Kompensator

To‘rt o‘qli

Ko‘rish maydoni burchagi

1°30'

Masofa o‘lchashlar:










Fokuslashning minimal masofasi, m

1,5

Qaytargichsiz masofa o‘lchash (R30/R500/R1000 diapazonlarda), m

30/>500/>1000



Qaytargichli plastinaga (5 x 5sm), m

1,6 dan 300 gacha

Bitta prizma bo‘yicha, m

3500 gacha

Prizma bo‘yicha o‘lchash aniqligi, mm

±(1,5+2ppm∙D)

±(1,5+2ppm∙D)

±(1+1,5ppm∙D)

Qaytargichsiz o‘lchash aniqligi, mm

±(2+2 ppm)

Ishchi harorat diapazoni, S

–20° dan +50° gacha

Gorizontal va vertikaldoiralar bo‘yicha sanoq

Ikkitomonli

Chang va namlikdan himoyalanganligi

IP55

Lazer markazlashtirgichi

5 darajali yoritqichli lazer tamg‘a

Markazlash aniqligi

Asbob balandligi 1,5m ga 1,5mm

Klaviatura va displey

To‘liq harfli-raqamli klaviatura, qora-oq grafik displey, 5 darajali yoritqich, ikkitomonli displey

Ma’lumotlarni saqlash xotirasi

24000 nuqtalar, o‘lchashlar 13500

100000 nuqtalar, o‘lchashlar 60500



Almashtiriladigan USB xotira kartasi

1Gbayt, uzatish tezligi 1000 nuqta/sek

Akkumulator turi

Litiy-ionli

Ishlash muddati

Taxminan 20 soat

Amaliy dasturlar

Topografiya(orientirlash va s’yomka), rejalash, teskari kestirma

Keyingi yillarda Trimble (AQSh) firmasi tomonidan Trimble M3 DR (2.7-rasm)hamda NIKON (Yaponiya) firmasi bilan hamkorlikda Spektra Precision Focus 4 elektron taxeometrlari ishlab chiqarilmoqda. Ular asosan topografik, kadastr s’yomkalarini bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘lchash imkoni bo‘lmagan nishon(nuqta)largacha o‘lchashlarni bajarishda katta universallikka ega hamda o‘lchashlarni qaytargichsiz amalga oshirish imkonini beradi.

2.7-rasm.Trimble M3 DRelektron taxeometri
Bu rusumli asboblar quyidagi masalalarni hal etishda keng qo‘llanadi:

  • taxeometrik yo‘llarni qurish;

  • geodezik s’yomka asosini qurish va rivojlantirish;

  • topografik, kadastr va qurilishdagi s’yomkalarni bajarish;

  • yerlar ajratish(yer uchastkalari chegaralarini o‘rnatish);

  • yer uchastkalari chegaralarini joyga ko‘chirish;

  • rejalash ishlari.

Trimble M3 DR rusumli elektron taxeometrlarning
texnik tavsiflari

Ko‘rsatkichlar

1′′

2′′

3′′

5′′

Ko‘rish trubasining kattalashtirishi, karat

30

Lazer nishonko‘rsatkichi

Koaksialli,ko‘rinarli qizil rangli

Lazer markazlashtirgichi

Qizil, 4 darajali yorug‘lik

Burchak o‘lchashlar aniqligi

1′′

2′′

3′′

4′′
5′′

Masofa o‘lchashlar chegarasi(1 prizmada)

3000m gacha

5000m gacha

Qaytargichsiz

500m gacha

400m gacha

Prizma bo‘yicha o‘lchash aniqligi, mm

± 2mm +2mm / km

Qaytargichsiz o‘lchash aniqligi, mm

± 3mm +2mm / km

Prizma bo‘yicha o‘lchash vaqti (aniq/normal), sek.

1,6 / 0,8

1,5 / 0,8

Qaytargichsiz o‘lchash vaqti (aniq/normal), sek.

2,1/ 1,2

1,8/ 1,0

Ishchi harorat diapazoni, S

–20° dan +50° gacha

DCh holatidagi ekran

16 bitli rang, orqa yoritqichi bilan TFTSK–displey (320x240 pikselli)

DO‘ holatidagi ekran

Orqa yoritqichi bilan SK-displey
(128x64 pikselli)

Operatsion sistema

Windows CE

O‘rnatilgan dasturiy ta’minot

Trimble Access

O‘lchash uchun xotira

RAM 128 Mb, flesh–xotira 128 Mb

Chang va namlikdan himoyalanganligi

IP66

Ma’lumotlarni uzatish porti

RS-232C 2xUSB

Cimsiz aloqa

O‘rnatilgan bluetoothmoduli

Qaratish vinti

Cheksiz

O‘lchamlari (K x U x B), mm

149 x 145 x 306

Asbob vazni (batareyasiz), kg

3,9

3,8

Zaryadlash qurilmasi

Ichki Li-ion akkumulatorli batareya(x2)

Batareya

BC-65, Ni-MH

Ishlash muddati:




To‘xtovsiz burchak va masofa o‘lchash, soat

12

7,5

Har 30 sekundda masofa/burchak o‘lchash, soat

26

12

Elektron taxeometriyani bajarish texnologiyasi
Topografik s’yomkalarni elektron taxeometrlar bilan elektron-blokli taxeometriya texnologiyasidan foydalanib amalga oshirish mumkin. Ushbu texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, s’yomka uchun mo‘ljallangan ob’ektning barcha hududi alohida uchastkabloklarga bo‘linadi. Bitta blokning hududida s’yomka elektron taxeometrni bir o‘rnatishda bajariladi. Shunda oldindan s’yomka asosi barpo etilmaydi, u s’yomka ishlari jarayonida shakllanadi.
Elektron-blokli taxeometriyani bir necha variantlarda amalga oshirish mumkin: ketma-ket joylashgan bekatlar orqali (ketma-ket taxeometriya), ozod bekatlar orqali (bo‘lakli-blokli taxeometriya) va ular kombinatsiyasida (kombinatsiyalashgan taxeometriya). Barcha holatlarda bloklar orasidagi bog‘lanish mavjud bog‘lovchi nuqtalar orqali ta’minlanadi.
Ozod bekatlar taxeometriyasi fazoviy burchakli, chiziqli va kombinatsiyalashgan kestirmalarni qo‘llagan holda bekat o‘rnini aniqlashga asoslangan. Bunday s’yomka texnologiyasini amalga oshirish uchun uncha zich bo‘lmagan, ixtiyoriy zichlikda joylashgan geodezik asos nuqtalaridan foydalanish yetarli. Ozod bekat minimal soni boshlang‘ich punktlarga bog‘lanadi va uning koordinatalari teskari chiziq-burchakli kestirmalar orqali aniqlanadi.
Elektron taxeometrlar bilan bekat nuqtalari balandligi trigonometrik nivelirlash orqali aniqlanadi, buning uchun bekatdan balandligi ma’lum nuqtagacha qiyalik burchak va masofa o‘lchanishi lozim. Ozod bekatlar taxeometriyasiningsxemasi 2.8-rasmda ko‘rsatilgan.
3. Taxeometrik s’yomkaning kameral ishlari
Taxeometrik s’yomka jurnalini to‘ldirish. S’yomkadagi o‘lchash natijalarini tenglab plan chizishga kerakli miqdorlar hisoblash va plan chizish taxeometrik s’yomkaning kameral ishlari bo‘ladi. Avval R va A sanoqlar bo‘yicha stansiyalar orasidagi qiyalik burchagi va vertikal doiraning topiladi (jurnal va uni tuldirish avtorning 1976 yili chiqqan «Muhadislik geodeziyasidan praktikum» nomli kitobida to‘la keltirilgan), Keyin NO‘ qiymati bo‘yicha stansiyada qaralgan reyka nuqtalariga tegishli vertikal burchaklar formula bilan hisoblanadi va o‘z grafalariga yoziladi. So‘ngra (XV. 9) formula bilan d, (XV. 34) yoki (XV. 35) formulalar bilan h hisoblanadi, bu qiymatlar sm gacha yaxlitlanadi. d va h ni hisoblashda taxeometrik jadvaldan foydalanish mumkin1. v<2° bo‘lganda d o‘lchash D kiymatini qabul qilish mumkin.
h lar hisoblangach, stansiyalar orasidagi nisbiy balandliklar tenglanadi. Agar bir stansiyadan ikkinchi stansiyaga qarab topilgan nisbiy balandlikni hto‘g‘ ikkinchi stansiyadan birinchiga qarab topilgan nisbiy balandlikni htes (to‘g‘ri va teskari so‘zidan) desak, bu nisbiy baland–liklarning absolyut qiymatlari teng bo‘lishi kerak, aks holda nivelirlash xatosi h hosil bo‘ladi, ya’ni Vertikal burchak v ning o‘lchash xatosi bo‘lsa, bu xato orqali nisbiy balandlik 100 m masofada ±3 sm o‘zgaradi. Agar bu xatoni o‘rta kvadratik xato t100= sm desak, tomon uzunligi D bo‘lganda o‘rta kvadratik xato yoki bo‘ladi. To‘g‘ri va teskari nisbiy balandliklarning arifmetik o‘rtasi h0 qabul qilinganda uning o‘rta kvadratik xatosi bir nisbiy balandlik xatosidan marta kichik, ya’ni bo‘ladi. Buning chekli xatosini desak, u quyidagicha bo‘ladi:

yoki yaxlitlab olinsa,
(XV. 36)
bo‘ladi. h yo‘l qo‘yarli bo‘lsa, hamma stansiyalar orasidagi nis­biy balandliklarning arifmetik o‘rtasi h0 hisoblab topiladi. Keyin musbat va manfiy nisbiy balandliklar yig‘indisi hisoblanadi.
Taxeometrik yol ikki punkt orasida olinganidan bo‘lishi kerak, lekin amalda xato sababli quyidagicha
(XV. 37)
bo‘ladi; bu yerda fha – taxeometrik yo‘lning amaliy bog‘lanmaslik xatosi. Taxeometrik yo‘l uzunligi R m, yo‘ldagi nisbiy baland­liklar soni n bo‘lsa, taxeometrik yo‘lning chekli bog‘lanmaslik xatosi quyidagicha bo‘ladi:
(XV.38)
bo‘lishi kerak. Agar bu shart bajarilsa, xato nisbiy balandliklarga ishorasiga teskari ishora bilan tarqatiladiki, bu tuzatma deyiladi. Tuzatmani , tomon uzunliklarini di –desak, bo‘ladi.
Stansiyalar otmetkasini hisoblash. Tuzatilgan nis­biy baland-liklar orqali besh stansiya otmetkasi bo‘yicha qolgan stansiyalar otmetkasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(XV. 39)
bunda oldingi va keyingi stansiyalar otmetkasi, shu stansiyalar orasidagi nisbiy balandlik. Otmetkalar sm gacha yaxlitlanadi.
Reyka (relf) nuqtalari otmetkasini hisoblash. Stansiya–larnpng hisoblangan otmetkalari jurnaldagi uz nomerlari yozilgan kator oxiridagi N grafasiga yoziladi. Bu otmetka­lar bo‘yicha stansiyadan qaralgan reyka nuqtalari otmetkasi hisoblanadi. Reyka nuqtasining Nr otmetkasi stansiya otmetkasi Nst ga reyka nuqtasi nisbiy balandligi hp ning algebraik qo‘shilganiga teng:
(XV. 40)
Reyka nuqta otmetkasi o‘z stansiyasining otmetkasi bo‘yicha hisoblanadi.
Taxeometrik yo‘l burchaklarini tenglash. Taxeometrik yo‘l planini chizish uchun yo‘l tomonlarining rumblarini aniqlash kerak. Taxeometr har stansiyada keyingi stansiyaga ornentirlanganidan (I – II, II – III kabi), gorizontal doira sanog‘i stansiyadagi yo‘lning o‘ng burchagi bo‘ladi. Taxeo­metrik yo‘lning bosh va oxirgi tomon yo‘nalishlari malum bo‘lga-nidan o‘lchangan burchaklar teodolit s’yomkaning ochiq, poligoni kabi tenglanadi.

4. Taxeometrik s’yomka planini chizish


Avval taxeometrik yo‘l chizilib, stansiyalar o‘rni aniqlanadi. Keyin uning atrofida s’yomka qilingan nuqtalar o‘rni topi­ladi. Taxeometrik yo‘l plani, teodolit s’yomkasidagi kabi, burchak uchlarining koordinatalari bo‘yicha chiziladi. Bunda taxeo­metrik yo‘l stansiyalarining koordinatalari hisoblanadi. So‘ngra kvadrat kataklar turi yasaladi, unda koordinatalari bo‘yicha stan­siyalar o‘rni topiladi, keyin xar qaysi stansiyadan olingan reyka nuqtalarining o‘rni orientirlash chizig‘iga nisbatan transportir yordamida gorizontal burchakni yasab, tomoniga d masofani masshtab bo‘yicha o‘lchab qo‘yish orqali topiladi. Sit-uatsiya nuqtaga nomeri, relef nuqta-siga zsa kasr ko‘rinishida suratiga nomeri, mahrajiga otmetkasi (dm hisobida) yoziladi.
Reyka nuqtalari o‘rnini belgi-lashda maxsus moslama – taxeograf-dan foydalanish ko‘lan (102–shakl). Taxeograf aylanasi 0 dan 360° gacha, har 30' da bo‘lingan bo‘lib, yozuvlar soat strelkasi yo‘nalishi-ning teskarisiga yozilgan. Aylana markazi O da millimetr bo‘lakli chizg‘ich OM mahkamlangan bo‘lib, uning yordamida chiziq uzunligi masshtab bo‘yicha oli­nadi. Reyka nuqtalari o‘rnini topishda O markaz stansiya nuqtasiga igna yordamida mahkamlanadi. Keyin u tomonga ta­xeograf shunday suriladiki, I – II chizig‘i reyka nuqtasiga Karagandagi sanoqka to‘g‘ri kelsin. Shunda OM chizg‘ichdagi bo‘lak­lar bo‘yicha d masofa qo‘yilsa, 1 nuqta o‘rni topiladi. Boshqa nuqtalar ham shunday topiladi.
Xar stansiyadagi reyka nuqtalari topilgach, situatsiya nuqtalari krokidagidek tutashtirilsa, joy tafsiloti tasvirlanadi. Relef nuqtalarini interpolyatsiya qilib, istalgan kesimda go­rizontallar o‘tkaziladi.



103-шакл.

Keyin joy konturlari kora tush bilan, gorizontallar jigar rang bo‘yoqda chiziladi, plan rasmiylashtiriladi. 102–shakldagi taxeometrik yo‘l plani 103– shakl­da ko‘rsatilgan.


Plan tagiga masshtabning ikki yoniga burchak va nishab grafigi chizi–ladi.
Taxeometrik s’yomka avtomat taxeometr yordamida qilinganda verti–kal burchak v va D o‘lchanmay, chiziqning gorizontal qo‘yilishi d va nisbiy balandlik h avtomatik aniqlanganidan hisoblash ishlari kamayadi, yolgiz stansiyalar otmetkasi tenglanib, reyka nuqtalari otmetkasi hisoblanadi, keyin plan yuqoridagidek chiziladi.
Ba’zan taxeometrik s’yomka burchak o‘lchash s’yomkasi bilan bir­ga qo‘shib olib boriladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1.Taxeometrik planga olishning moxiyati deganda nimani tushunasiz
2. Qaysi usulda olingan planni asl nusxasi bitta bo‘ladi?
3.Tafsilotlarni planga olish usullarini chizib tushuntirib bering.
4.Drobishev lineykasini ishlatishni tushuntiring.
5.Planga tushirilgan nuqtalar balandligi bo‘yicha gorizontallar o‘tkazishni grafik va analitik usulini tushuntirib bering.
Download 114.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling