1. Taxeometrik s’yomka va uning mohiyati. Taxeometr yo‘llari va ularni geodezik tayanch tarmoqlariga bog‘lash


Taxeometr yo‘llari va ularni geodezik tayanch tarmoqlariga bog‘lash


Download 114.45 Kb.
bet2/3
Sana02.12.2023
Hajmi114.45 Kb.
#1780437
1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza

2.Taxeometr yo‘llari va ularni geodezik tayanch tarmoqlariga bog‘lash.
Joyda taxeometrik s’yomka quyidagicha qilinadi. Doiraviy taxeo-metrlarda K=100, s=0 bo‘lganidan, nol o‘rni (NU) aniqlanadi. Taxeometr 1 stansiyaga o‘rnatilgach, ish holiga keltirilib, asbob balandligi i o‘lchanadi, keyin orientirlanadi.Taxeometrik orientirlash. Taxeometr berilgan chiziq yoki magni-taviy meridian bo‘yicha orientirlanadi.Bosh nuqta tayanch punktga bog‘langanda yoki biror bosh yo‘na–
lish berilganda chiziq bo‘yicha orientirlanadi. Buning uchun TT5 da DU holatida, 1 verner noli limb noliga to‘g‘rilanadi va alidada mahkam-lanadi. Limb bo‘shatilib, truba berilgan yo‘nalish bo‘yicha qaratiladi va limb mahkamlanadi. Bunda asbob chiziq bo‘yicha orientirlangan bo‘ladi; limbning shu turishida alidada bo‘shatilib, truba biror nuqtaga qara-tiladi–da, 1 vernerdan olingan sanoq bosh chiziq bilan qaralgan yo‘nalish orasidagi burchak qiymati bo‘ladi. Taxeometrik s’yomkada stansiyalarda taxeometr shunday orientirlanadi.Ba’zan taxeometrik yo‘l yaqinida tayanch punkt bo‘lmasa, taxeo­metr magnitaviy meridian bo‘yicha quyidagicha orientirlanadi. DO‘ holida 1 vernernng noli limb noliga to‘g‘rilanadi va alidada mahkamlanadi. Teodolitga bussol o‘rnatilib, arritiri bo‘shatiladi; limb bo‘shatilib, magnitaviy strelka 0° ga kelguncha limb aylantiriladi–da, limb mahkam-lanadi. Shunda taxeometr magnita­viy meridian bo‘yicha orientirlangan bo‘ladi. Agar alidada bo‘shatilgandan keyin truba biror nuqtaga qaratilib, 1 vernerdan sanoq olinsa, bu ana shu yo‘nalishning magnitaviy azimuti bo‘ladi. Agar bosh tomon magnitaviy azimutiga magnit strelkaning og‘ish burchagi ko‘shilsa, shu tomonning haqiqiy azimuti chiqadi. Taxeometr orientirlangach, stansiya atrofidagi joyning situatsiya va relefining xarak-terli nuqtalari qutbiy usul bilan s’yomka qilinadi. Bu nuqtalar reyka yoki piket nuqtalari deyi­ladi. Reyka nuqtalarining stansiyadan uzoqligi s’yomka masshtabiga qarab turlicha masofada olinadi. Masalan, masshtab 1:1000 bo‘lganda relef nuqtalarining uzoqligi 150 m gacha, situatsiya nuqtalari uzoqligi 100 m gacha bo‘lishi mumkin. Reyka nuqtaning situatsiya yoki relef nuqtasi ekanligiga qarab, s’yomkada quyidagi sanoqlar: relef nuqtasidan: a) dalnomer sanoqlari; b) verti­kal doira sanoqlari va v) gorizontal doira sanoqlari; situatsiya nuqtasidan: a) dalnomer sanog‘i; b) gorizontal doira sanog‘i olinadi.Bir stansiyadan ikkinchi stansiyaga vertikal doiraning ikki turi-shida qarab, R va L sanoqlar olinadi, bu sanoqlar orqali vertikal burchak v va nol o‘rni hisoblanadi. Reyka nuqtalariga yolg‘iz bir doirada, R yoki L da qaraladi. Dalnomer masofani o‘lchashda ko‘ringan yuqori ip 1000 ga qaratilib, quyi ipdai sanoq olinadi; vertikal burchakni o‘lash uchun to‘rning o‘rta ipi asbob balandligiga qaratilib, vertikal doira adilagi mikromet­rik vint bilan gorizontal holatga keltiriladi, keyin vertikal va gorizontal doiradan sanoq olinib jurnalga yoziladi. S’yomka qilinadi–gan reyka nuqtalarining stansiyaga nisbatan joylashuvini ko‘rsatuvchi kroki chizilishi kerak. Kroki. Xar stansiyada joy situatsiyasi va relefning harakterli nuqtalarining o‘rnini nomerlab ko‘rsatadigan chizma (eskiz) kroki deyiladi. Buning abrisdan farqi shundaki, krokida relef taxminiy tasvirlanadi, o‘lchash natijalari chizmaga emas, balki jurnalga yoziladi. Kroki bir nuqta atrofidagi joy situatsiyasi va relefi tasvirlangan chizma. Krokida relefning pasayish va ko‘tarilish tomonini ko‘rsatish uchun ikki nuqta ora­sidagi–chiziqning pasayish tomoniga strelka qo‘yiladi. Relef turi yaqqol joylarda gorizontallar o‘tkaziladi. XV. 36–shaklda turt stansiya krokisi keltirilgan. Ko‘pincha kroki pergament yoki voskovka kabi shaffof kstozga chiziladi; nuqtalar o‘rni va chiziq­lar Yer tomonlariga nisbatan to‘g‘ri joylashuvi uchun shaffof kog‘oz tagiga, XV.37–shaklda ko‘rsatil–gandek, tushda chizilgan transporant qo‘yiladi. Buning yordamida reyka nuqtalari o‘rni direksion burchak bo‘yicha, chiziq uzunligi masshtab bo‘yicha quyiladi. Kroki, abris kabi, plan chizishda asos qilib olinadi.
Taxeometrik s’yomka qilishda o‘lchangan natijalar maxsus taxeomet–rik s’yomka jadvalga yozib boriladi. Nuqtalar nomeri krokidagi nomerga mos bo‘lishi kerak.

102– шакл.

3.Zamonaviy elektron taxeometrlar tuzilishlari


Elektron taxeometr (ET) – teodolit, svetodalnomer, mikroprotsessor yoki mikro EHMmujassamlangan asbob yoki modulli ishlanma hisoblanadi. Oxirgi yillarda optik -mexanik va optik -elektron geodezik asboblarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yetakchi chet el firmalari tomonidan jahon bozoriga turli ETlar taqdim etildi. Ularga misol qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Leica AG (Shveysariya), Trimble (AQSh), Topcon (Yaponiya), Sokkia (Yaponiya) va boshq.
Zamonaviy ETlarni shartli ravishda oddiy, universal va robotlashgan turlarga bo‘lish mumkin.
Oddiy ET– minimal avtomatlashtirilgan va ko‘pdasturiy ta’minotlar bilan jihozlangan asboblar. Bunday taxeometrlarda burchak o‘lchashlar aniqligi 5-10′′, chiziq o‘lchashlar esa (3+5x10-6 D) mm ni tashkil qiladi.
Universal ET–imkoniyatlari kengaytirilgan asboblar hisoblanadi. Ular ko‘p sonli o‘rnatilgan dasturlar bilan jihozlangan bo‘lib, burchaklarni o‘lchash aniqligi 1 - 5′′, chiziq o‘lchashlar esa (2+5x10-6D) mm ga teng.
Robotlashgan ET – oldingi guruhdagi barcha imkoniyatlarga ega bo‘lib, xizmat ko‘rsatish motori bilan jihozlangan. Bunday motorlar o‘rnatilgan radiokommunikatsiya moslamalari hamda qaytargichlarni avtomatik kuzatish sistemalarining mavjudligi ularni robot taxeometrlar deb atashga imkon beradi.
Quyida Leica (Shveysariya), Trimble (AQSh) ilg‘or firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektron taxeometrlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Keyingiyillarda “Leica Geosystem” (Shveysariya) firmasi tomonidan yuqori unumli, avtomatlashgan Leica FlexLine TS rusumli elektron taxeometrlar ishlab chiqarilmoqda. Bu rusumli elektron taxeometrlar qator afzalliklarga ega bo‘lib, sifat, moslashuvchanlik, qulaylik va samaradorlik ko‘rsatkichlari shular jumlasidandir.
Leica FlexLine TS 02 plus elektron taxeometri texnik va o‘rtacha aniqlikda s’yomka ishlarining barcha standart vazifalari uchun ishonchli, tezkor va qulay asbob hisoblanadi. Bu asbob katta grafik oq-qora displey, harfli-raqamli klaviatura, bluetooth simsiz aloqasi bilan jihozlangan va SmartWorx Viva dasturiy ta’minoti orqali yanada moslashuvchanlikka erishiladi.
Leica FlexLine TS 06 plus elektron taxeometri ham (2.6-rasm) o‘rtacha aniqlikda kundalik s’yomka ishlarining barcha standart vazifalari uchun ishonchli, tezkor va qulay asbob bo‘lib, u katta grafik oq-qora displey, harfli-raqamli klaviatura, yangi o‘rnatilgan Leica FlexFild plus dasturi va rangli sensor displey bilan jihozlangan.

2.6-rasm.TS06 Leica plus elektron taxeometri
Leica FlexLine TS 09 plus elektron taxeometri Leica FlexLine plus asboblari turkumida yetakchi model bo‘lib, yuqori aniqlikdagi ishlar uchun ideal asbob hisoblanadi. TS09 plusning kengaytirilgan konfiguratsiyasi uni o‘ta moslashuvchan asbobga aylantiradi, chunki u bilan nafaqat kundalik s’yomka ishlarini, balki har qanday murakkab masalalarni katta ishonch bilan bajarish mumkin. Yangi o‘rnatilgan Leica FlexFild plus dasturi va rangli sensor displey bajariladigan ishlar samarasini yanada oshirishga imkon beradi.
jadval

Download 114.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling