4-Поездлар ҳаракат хавфсизлигини таъминлашда фойдаланиладиган асосий меъёрий ҳужжатларга қисқача таъриф беринг?
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan Texnikaviy foydalanish qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan Texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo‘llari va temir yo‘l transporti xodimlarining asosiy nizomlarini, ish tartibini, muhim inshootlar, qurilmalar va harakat tarkiblarini saqlash me’yorlarini, asosiy o‘lchamlarini, ularga bo‘lgan talablarni, poyezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya prinsiplarini, shuningdek tezyurar va yuqori tezlikdagi yolovchi tashish poyezdlarinning harakatini tashkil etilishini o‘rnatadi
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida Signallash bo‘yicha yo‘riqnoma
O‘zbekiston temir yo’llarida Signalizatsiya bo’yicha yo‘riqnoma poyezdlar harakati va manyovr ishlarini boshqarishga taalluqli bo’yruq va ko’rsatmalarni uzatish uchun qo’llaniladigan ko’rinuvchan va ovozli signallar tizimini, hamda ushbu signallarni uzatish uchun qo’llaniladigan signal asboblarini belgilaydi.
Yo’riqnomani bilish temir yo’llarning barcha bo’linmalari va O’zbekiston temir yo’llari hududidagi barcha temir yo’l xodimlari uchun majburiy bo’lib, uning talablariga rioya qilish temir yo’llarning beto’xtov ishlashini, poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida Poyezdlar harakati va Manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida poyezdlar harakati va Manyovr ishlari bo‘yicha Yo‘riqnoma quyidagilarni o‘rnatadi:
1) stansiyadagi signalizatsiya, markazlashuv va blokirovka (SMB)ning hamda signalizatsiya va aloqaning turli vositalarida, jumladan, normal holatlarda ham, ushbu qurilmalar nosozligida ham poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazish;
2) temir yo‘llarda va inshootlarda ta’mirlash-qurilish ishlari amalga oshirilayotgan sharoitlarda poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish;
Do'stlaringiz bilan baham: |