4-Ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali ma’lumotlarni uzatish.
Reja:
1. Telekommunikatsiya tarmoqlarini ierarxik sathlari
2. Telefon tarmoqlari orqali ma’lumotlarni uzatish
3. Modemli aloqani tashkil etish prinsipi
4. Modemli standartlar
5. Modemlarni sinflari
6. Integralli xizmat qiluvchi (ISDN-texnologiya) raqamli tarmoqlar
1. Telekommunikatsiya tarmoqlarini ierarxik sathlari
Ma’lumotlarni uzatish turlari boʻyicha telekommunikatsiya tarmoqlari quyidagilargi boʻlinadi:
Analogli tarmoqlar;
Raqamli tarmoqlar.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlariga quydagi ikkita talablar qoʻyiladi;
integrasiya – tarmoqqda turli tipdagi ma’lumotlarni uzatish mumkinchiligi (birxil boʻlmagan trafikda),uzatish sifatiga turlicha talab qoʻyiladigan;
keng polasali aloqa kanalidan foydolanish xisobiga katta tezlikda uzatish;
Vazifasiga koʻra zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini strukturasida birqancha ierarxiya sathlarini ajratsa boʻladi.(1 rasm):
LAN yoki WAN asosidagi uy,ofis va korporativ tarmoqni tashkil etuvchi abonent tarmoqlari (A);
Magistral tarmoqqa yoʻnaltiriladigan birnechta abonent tarmoqlarini yagona oqimga birlashtiradigan magistral tarmoqqa yoʻnaltiriladigan ruxsat etish (D)tarmogʻi (seti dostupa-(D);
Birlamchi transport tarmoqlari asosida (optik tolali,sputnikli va boshqa..) yuqori tezlikdagi keng polasali tarmoqni nazarda tutuvchi magistral tarmoq (M),
1- rasm. Tlekommunikatsiya tarmoqlarini ierarxik sathlari
Tarmoqqa kirishga ruxsat berish quyidagi asasda tuzilishi mumkin:
Kommutasiyalanadigan kanallar – an’anaviy analogli telefon tarmoqlari (TfOP) va raqamli ISDN tarmogʻi;
Ajratilgan kanallar – 3.1 kgs oraliqda oʻtkazuvchi (полосовое пропускания) tonal chastotali analogli kanallarni to oʻnlagan Gbit/s oʻtkazuvchanlik imkoniyatiga ega boʻlgan raqamli SDH kanallar tarmogʻi;
Do'stlaringiz bilan baham: |