3-rasm. Dekadali qadamlab izlavchi qurilmani tuzilishi
Koordinatli ATS kommutasiyalavchi qurilma sifatida releli harakatda ishlavchi koʻp koordinatali ulavchilar (MKS) qoʻllaniladi. Ular dekadali qadamlab izlavchilarga nisbatan oddiy qurilmalardir,kommutasiyalavchi qurilmalarni xizmat qilishni orzonlashtiradi va gaplashish traktini ulanishini yuqori sifatda boʻlishini ta'minlaydi.
Programmali boshqaruvchi ATS ikkita turdagi stantsiya bilan keltirilgan.
1. Kvazielektronli ATS bularda kommutasiyalavchi qurilmalar gerkonlar asosida tashkil etilgan,boshqarish esa mikroprosessorli vositalar asosida qurilgan. Gerkonlar (germetizasiyalangan kontakt) juft ferromagnili kontaktdan tashkil topgan,germetizasiyalangan kolbani ichida kavsharlangan va elektromagnitli katushka bilan gerkonli releni tashkil etadi.( 4,a-rasm). Pri proxojdenii toka cherez Elektromagnitli choʻlgʻmdan tok oʻtganda kontaklar ulaniladi va ma’lumotlarni uzatish uchun elektr zanjir tashkil etadi. (4,b-rasm).
4-rasm. Gerkonli releni tuzilishi
2. Raqamli(elektronli) ATS bularda kommutasiyalash va boshqarish butkul raqamli. Analogli signal abonenli komplektda raqamlashtriladi va ATS ni ichida hamda ATSlar orasida raqamli koʻrinishda uzatiladi. Bu esa signallarni soʻnishini kamaytiradi, uzatilayotgan ma’lumotlarga xalaqitlarni ta’sirini kamaytirishga kafolat beradi. Bu esa ma’lumotlarni sifatli va maksimal tezlikda uzatilishini ta’minlaydi.
Elektronli ATS soddalashtirilgan strukturasini toʻrtta asosiy blok koʻrnishida tasvirlasa boʻladi (5-rasm).
1. Abonentli liniya bloki (bal) - abonentli liniya (al), abonentlarga xizmat qilish vazifaasini bajaradi va ularni sifatida ushbular boʻlishi mumkin:
ATS ma’lumotlarni, analogli telefonlar orqali al boʻyicha, uzluksiz koʻrinishda uzatadi;
Kompyuterlar, ulardan chiqayotgan diskret signallarni modemlar orqali, uzliksiz signallarga aylantiradi va analogli liniyalar boʻyicha uzatadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |