1-tema. Teri ham onin tuwindilari. Тери эмбрионның қайсы дереклеринен раўажланады?


Download 43.5 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1160316
Bog'liq
1-tema.Teri ham onin tuwindilari


1-tema.Teri ham onin tuwindilari.
1.Тери эмбрионның қайсы дереклеринен раўажланады?
Teri pushtning 2 ta embrional varag’i - ekto-derma va mezodermasidan taraqqiy etadi. Ektoderma terining epitelial qoplamasi - epidermisini hosil qilsa, me-zodermanipg hosilasi bo’lmish dermatomlar xususiy tsri - der-ma hamda teri osti yog’ qatlami - gipodermani vujudga keltira-di.
2.Териниң атқаратуғын тийкарғы хызметлерин айтып бериң.
Teri organizmni tashqi muhit bilan uzviy ravishda bog’lab turadi va qator muhim vazifalarni bajaradi. Teri o’zining os-tida joylashgan a’zo va to’qimalarni tashqi muhitniig fizik va ximik omillari ta’siridan saqlaydi. Jarohatlanmagan te-ri o’zidan turli mikroblarni, ko’pchilik zaharli va zararli mod-dalarni o’tkazmaydi. Terining epidermis qismi, ayniqsa uning muguz qavati, issiqlikni yomon o’tkazadi, va shu sababli, terini qurib qolishdan asraydi. Teridagi melanin pigmenti quyosh nur-lariniig organizmga salbiy ta’sirini kamaytiradi. Teri tuz-suv va issiqlik almashinuvida ishtirok etadi. Terining sekretor faoliyati undagi ter va yog’ bezlari orqa-li amalga oshadi. SHu bilan birga, bu bezlar ekskretor vazifani ham bajaradi. Teri o’zidan ayrim moddalar (yog’da eruvchi moddalar, efir, salitcil, etil spirt va boshqalar) ni yaxshi o’tkazadi. SHuning uchun ham tabobatda teri-dan singiy oladigan moddalardan tayyorlangan moysimon dornlar ishlatiladi. Ul’trabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D sintez-lanadi. Uning etishmasligi raxit kasalligiga olib keladd. Terida kon tomirlarning ko’pligi sababli u ma’lum daraja-da qon deposi bo’lib hisoblanadi. Teri taktil, harorat va og’riqni sezuvchi nerv oxirlariga boy bo’lib, keng retceptor maydon hisoblanadi.
3.Тери қандай бөлимлерден турады?
Teri 2 qismidan - epidermis va biriktiruvchi to’-qimadan iborat dermadan tashkil topgan. Terining quyi qatlamlarida derma teri osti yog’ kletchatkasidan iborat gipodermaga o’tadi.
4.Эпидермисте қандай қабатлар бар?
Epidermisda 6 qavatni . ajratish mumkin: 1. Bazal qavat (stratum basale) 2. Tikansimon hujayralar qavati (stratum spinosum) ZDonador hujayralar qavati (stratum granul-osum). 4. YAltiroq tcavat (stratum Iucidurn). 5. Muguz qavat (stratum corneum) 6. Tushib ketuvchi qavat (stratum desqua mourn).
7.Териниң дерма қабатына характеристика бериң.
Epidermis va dermaning chegarasi notekis bo’lib, biriktiruv-chi to’qimali so’rg’ichlar epidermisga botib kirgan bo’ladi. YUqo-rida qayd etilganidek, derma so’rg’ichlari teri sathida egatchalar bilan ajralgan do’ngliklar paydo qiladi. Epidermis dermadan glikozaminglikanlar va nozik argirofil tolalarga boy bo’lgan bazal membrana bilan ajralib turadi. Derma yoki xususiy teri o’z navbatida bir-biridan aniq ajralma-gan qavatlar: so’rg’ichli qavatlar (stratum papillare) va zich yokn to’r qavat (stratum compactum seu reticulare) lapra*bo’linady.
8. Сорғышлы қабат қандай тоқымадан турады?
So’rg’ichli qavat bevosita epidermis ostida joylashib, siy-rak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan. SHu biriktiruvchi to’qima epidermisga botib kirib, so’rg’ich-lar hosil qiladi.
9. Тери асты май клетчаткасы(гиподерма) қабатына характеристика бериң.
Teri osti yog’ kletchatkasi (tela subcutanea) ikki qismdan: yog’ kle tchatkasi (funniculus adiposum) vateri fastciyasi (fascia cutis) dan iborat. YOg’ kletchatkasi yog’ hujayralari to’dalaridan iborat bo’lib, ular derma to’r qavatidan davom etgan va teri fastciyasini ho-sil qiluvchi kollagen tolalarning yirik tutamlari bilan o’raladi. YOg’ hujayralari to’dalari orasidagi biriktiruvchi to’qimada ko’plab qon tomirlar, nerv tolalari va erkin hamda kapsulali nerv oxirla-ri (Krauze kolbalari, Ruffini va Fater - Pachini tanachalari) joy-lashadi. Terining yog’ kletchatkasi yumshoq qatlam hosil qilib, mexanik ta’sirlardan asraydi. Teri osti yog’ kletchatkasi organizm uchun yog’ deposi hisoblanib, tana haroratini mo’’tadil tu-tib turishda ham ishtirok etadi
10.Тери пигменти хаққында не билесиз?
Teri pigmenti melaninlar turkumiga mansub bo’lib (lat. melas - qora), deyarli hamma odamlarda bo’ladi. U epidermisda ham, xususiy terida ham bo’lib, terining rangi pigment miqdori-ga bog’liq. Organizmida melanin pigmenti bo’lmagan jonzotlar al’binoslar deyiladi (albus - oq). Melanin melanotcit hujay-ralarida tirozin aminokislotasining tirozinaza va DOFA-ok-sidaza fermentlari ta’sirida oksidlanish natijasida hosil bo’ladi. Melanin ul’trabinafsha nurlarini juda kuchli yutish xususiyatiga ega, shuning uchun u organizmni ul’trabinafsha nur-larining zararli ta’siridan saqlaydi. Pigment teri yuzasi-king hamma joyida ham bir xil taqsimlanmagan: yuz, bo’yin, or-qa terilarida pigment ko’proq, qorin terisi, kaft va tovonda esa kamroq bo’ladi. Tashqi va ichki ta’sirotlarning ta’siri natijasida teri pigmentining miqdori o’zgarib turadi. YOz faslida oftob (ul’-trabinafsha nurlar) ta’sirida terida pigment miqdori ko’payib, badan qorayadi.Homilador ayollarda ichki - gormonal holatlar ta’sirida ham terining ayrim joylarida (yuz, tashqi jinsiy a’zolar sohasida) pigment ko’payadi. Pigment almashinuvi ichki sekretciya bezlari faoliyatiga, ul’trabinafsha va radiatciya nur-lari, ba’zi ximiyaviy moddalar va vitaminlar (A, PP va ayniq-sa vitamin S) ta’siriga bog’lik.
11.Териниң туўындыларына нелер киреди?
Teri hosilalariga sochlar, ter„ yog’ va sut bezlari hamda tirnoqlar kiradi.
12.Тер безлерине характеристика бериң.
Ter bezlari (glandulae sudoriferae) oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlarga kiradi Bularning soni 3,5 milliongacha eta-di. qo’l panjalarining yumshoq qismida, tovonda, qo’ltiq osti chuqur joy-lashadi. Ter chiqaruv naychalari derma va epidermis-dan o’tib, teri yuzasida teshikchalar hosil qiladi. Bezning oxir-gi bo’limi bez holatiga qarab kubsimon yoki tcilindrsimon epi￾teliydan iborat bo’ladi. Hujayra tcitoplazmasi och bazofil bo’-..lib, o’zida, yog’, glikogen va pigment kiritmalarini tutadi. Sek-retor hujayralar ichida oqish va qoramtir hujayralar tafovut qilinadi. Oqish hujayralar suv va metall ionlarini, qoramtir-lari esa organik makromolekulalarni ajratadi. Sekretor hu￾jayralari tagida, bazal membranada, mioepitelial (savatsi-mon) hujayralar joylashadi. Mioepitelial hujayralarni o’z o’simtalari bilan bez oxirgi bo’laklarini o’rab turadi. Bu hu-jayralar tcitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan to-lalar mavjud bo’lib, ularning qisqarishi sekretor hujayralar-dan sekretning ajralib chiqishiga sababchi bo’ladi. Oxirgi bo’-.limdan chiqaruv naylari boshlanadi. Bu naylar ikki qavatli kubsimon epiteliydan iborat bo’lib, hujayralarning usti ku-tikula bilan qoplangan. CHiqaruv naylari epidermisdan egri-bugri bo’lib o’tadi. Epidermis sohasida chiqaruv nayining devori yassi hujayralar bilan qoplangan. Ter bezlari hujayralari-dan sekret ajralishiga qarab 2 xil: merokrin va a p o-krin bezlarga ajratiladi. Ter bezlarining ko’pchiligida mero-krin sekretciya yuz beradi. Apokrin ter bezlari terining ayrim joylarida - qo’ltiq osti chuqurchasida, anal teshik atrofida, peshanada, sut bezlari so’rg’ichi atrofida va katta uyatliq lablar sohalarida joylashadi. Bu bezlarning sekreti hujayra tcito￾plazmasining qisman emirilishi bilan chiqadi. SHuning nati-jasida sekret bilan birga chiqqan oqsil moddalari chirib ter maxsus o’tkir hidga ega bo’ladi. Apokrin ter bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari anchagina yirik bo’lib, organizmning balo-g’atga etgan davridan boshlab ishlaydi. Apokrin bezlar faoliyati jinsiy bezlar holati bilan uzviy bog’liq. Mentstrual, premen-strual va homiladorlik davrlarida bu bezlarning sekretor fao-liyati oshib ketadi.
13.Май безлериниң дүзилисин айтып бериң.
YOg’ bezlari (gld sedaceae). YOG’ bezlari kaft va tovondan tash-qari terining barcha qismlarida bo’ladi. Labning qizil hoshiya-li qismida, jinsiy olat boshchasida, kichik uyatli lablar sox4a-sida, ko’krak bezi so’rg’ichi atrofida, qovoq chetlarida yog’ bezlari to’g’ridan-to’g’ri teri yuzasiga ochiladi. Terining boshqa sohala-rida esa yog’ bezlari soch ildizi bilan bog’langan bo’lib, soch voronkasiga ochiladi va soch hamda epidermisni moylab turadi. Odamda yog’ bezlari sutkasiga 20 g ga yaqin teri yog’ini ajratadi. Har bir soch ildiziga 1-2 yog’ bezi to’g’ri keladi. YOG’ bezlari turlicha kattaliklarda bo’ladi. Yirik yog’ bezlari yuz terisida (lunj, burun sohasida), ko’krakda (to’sh sohasi), or-qada (kuraklar va ularning ustki qismlarida) joylashadi. YOg’ bezlari terining yuqori qatlami dermaning so’rg’ich va to’r qa-vatlari chegarasida joylashadi. Tuzilishiga ko’ra yog’ bezlari oddiy tarmoqlangan al’veolyar bezlar turkumiga kirsa, sekre-tciya tipiga ko’ra golokrin bez hisoblanadi. YOG’ bezlarining oxirgi sekretor bo’limi bir qancha al’veola-lardai iborat bo’lib, nozik biriktiruvchi to’qima bilan o’raladi. Bez al’veolalarining bazal membranasida bir qator, uncha ba-land bo’lmagan muntazam ko’payib turuvchi kambial hujayralar joylashadi. Bu hujayralar qavatidan so’ng yirik, tcitoplazmasi har xil darajada yog’ tomchilari bilan to’lgan hujayralar qa-vati bez al’veolasining ikkinchi qavat hujayralarini tashkil etadi. Oxirgi sekretor bo’limning eng ichki hujayralari yog’ bi-lan to’lgan bo’lib, hujayra yadrosi bujmayib, yo’qoladi. Mana shu hujayralar yoriladi va hujayra mahsuloti - yog’ soch voron-kasiga quyiladi. Bazal membranada joylashgan kambial hujay-ralar hisobiga yangi sekretor yog’ hujayralari paydo bo’ladi. YOG’ bezining chiqaruv nayi kalta bo’lib, devori sochning tashqi epitelial qini bilan tutashib ketuvchi ko’p qavatli yassi epite-liy bilan koplangan.
15.Териниң иннервациясы ҳәм териде жайласқан рецепторлар туўралы айтып бериң.
Terida sezuvchi nerv oxirlari juda ko’p bo’lib, u yirik retceptor maydon hisoblanadi. Terining nerv apparati ko’pgina nerv tolalaridan va kapsulali nerv oxirla-ridan iborat. Terining innervatciyasi bosh va orqa miyaning ve-getativ (simpatik) nervlari bilan ta’minlanadi. Teri nerv tolalari teri osti yog’ kletchatkasining chuqur qatlamlarida joy-lashgan asosiy nerv chigallaridan boshlanadi. Bu nerv tolalari derma tomon yo’nalib, yog’ va ter bezlarini, soch piyozchalarini va teri tomirlarini ta’minlovchi tolalar beradi. Teri so’rg’ichi-ning pastki qismida hosil bo’lgan nerv chigalidan so’rg’ich va epi-dermisga qarab tolalar tarqaladi. Nerv oxirlari ayniqsa lab-ning pushti qismida, barmoq uchlarida va jinsiy a’zolarda mo’l bo’ladi. Epidermisga kirgan nozik nerv tolalari o’zining mie-lin pardalarini yo’qotadi. YAlang’och nerv o’qi tcilindrlari epi-dermisning tikanaksimon hujayralari atrofida Merkel’ disk-lari sifatida, bazal qavat hujayralari orasida, har xil balandlikda ingichkalashib yoki tugun hosil qilib tarqaladi. Dermada erkin nerv oxirlari va kapsulali nerv tanachalari joylashadi. Qapsulali nerv oxirlari plastinkasimon nerv ta-nachasi (Fater-Pachini tanachasi), oxirgi kolbalar (Krauze kolbalari), Ruffini tanachalari, sezuvchi (Meysner tanachala-ri) va jinsiy tanachalardan iborat. Og’riq sezgisi epidermisning donador qavatiga qadar tar-qalgan erkin nerv oxirlari va dermaning so’rg’ichsimon qavati-dagi nerv oxirlari orqali qabul qilinadi. Sezuv tuyg’usi esz teri so’rg’ich qavatida joylashgan sezuvchi tanacha, epidermisning o’suvchi qavatidagi sezuvchi disklar (Merkel’ disklari) va soch ildizi sohasidagi chigallari orqali yuzaga chiqadi. Bosim sezgi-si teri osti yog’ kletchatkasida joylashgan plastinkasimon tana-chalar bilan, issiqlik sezgisi so’rg’ichli barmoqchalar (Ruffini tanachalari) orqali, sovuqlik sezgisi esa so’rg’ichsimon qavat-dagi Krauze kolbalari orqali qabul qilinadi.
16.Шаштың түрлерин ҳәм дүзилисин айтып бериң.
Uzun (bosh sochi, mo’ylov, soqol, ham-da qovuq, qo’ltiq osti va chov sohasidagi sochlar), qattiq yoki mo’ysimon (qosh, kiprik, burun teshiklari va tashqi eshituv yo’llarida joylashgan sochlar) hamda mayin (badanning ko’pgina yuzasini qoplovchi sochlar - tuklar) sochlar tafovut qilinadi.Soch 2 qismdan: teridan chiqib turgan s o ch o’ qi va terida joylashgan soch ildizidan iborat. Soch o’qi soch voronkasi-dan chiqib, teri ustida yotadi. Soch voronkasiga yog’ bezlari o’z mahsulotini chiqaradi. Soch ildizi dermaning chuqur qatlamida teri osti yog’ kletchatkasi chegarasiga qadar davom etadi va u erda soch piyozchasi bilan tugaydi. YAxshi rivojlangan sochlar ildizida sochning kutikulasi, po’stloq va mag’iz qismlari tafovut qilinadi.
17.Тырнақ қандай бөлимлерден турады?
Tirnoqda tana,ildiz,ikkita yon va erkin kismlar tafovut qilinadi.
18.Териниң физиологиялық регенерациясы деген не?
Terida regeneratciya yaxshi boradi. Epi-dermis yuqorida aytib o’tilganidek, o’suvchi qavat hisobiga tik-lanadi. Epidermis va derma shikastlanganda jarohat o’rni bi-riktiruvchi to’qima tolalarini va asosiy moddalarni hosil qi￾luvchi hujayralar-limfotcit, monotcit va fibroblastlardan iborat yosh biriktiruvchi to’qima - granulyatcion to’qima bilan yopiladi. SHu bilan birga epidermisning o’suvchi qavati hosil qilayotgan hujayralar dermaning yosh biriktiruvchi to’qimasi ustiga siljib jarohat ustini qoplaydi. So’ngra epiteliy va dermaning tarkibiy qismi differentciallashib, jarohat o’rni tamomila oldingi ko’rinishga ega bo’ladi.
20.Териниң қан менен тәмийинлениўин айтып бериң.
Qon tomirlar terida bir qancha to’rlar hosil qiladi. YUza va chuqur arterial chigallar hamda bitta chuqur va ikkita yuza venoz chigallar farqlanadi. Teri arteriya-si fastcial to’r arteriyasidan boshlanadi. Ayrim arteriyalar tarmoqchasi yog’ bo’laklarini o’ragan biriktiruvchi to’qima bo’ylab yo’naladi. Asosiy arteriyadan ayrim tarmoqlar derma-ning quyi sohalarida gorizontal yo’nalib, o’zaro anastomozlar hosil qiladi. Bu chuqur tomirlar to’ri ter bezlarini, teri osti yog’ qavatining yuza qatlamini qon bilan ta’minlaydi. Asosiy arteriyadan tarmoqlangan boshqa tomirlar terining yuqori qatlamlariga tarqaladi. Bu tomirlar derma orqali o’tib, yog’ bezlarini va soch follikulasini ta’minlovchi yon shoxobchalar beradi. Terining so’rg’ich qavati chegarasida esa no-zik arteriya tarmoqlarining anastomozi yuza yoki so’rg’ich osti arteriya to’rini hosil qiladi. Bu arteriya chigallaridan har bir so’rg’ichga kapillyarlar tarqaladi. Vena tomirlari terida 3 to’r hosil qiladi. Birinchi ve-na tomirlarining to’ri derma so’rg’ichlari ostida, ikkinchi veioz to’r dermaning chuqur qatlamida, u ch i n-chi venalar to’riyog’ osti kletchatkasida joylashadi. YUz-da, ayniqsa burun va lunj terilarida yirik venoz tomirlar teri so’rg’ichlarida ko’ndalang yotadi. Bu tomirlar bir qancha nozik venalardan hosil bo’lib, ularning uzunligi va diametri turg’un emas. Vena tomirlari burchak hosil qilib egilib, derma-ning chuqur vena to’ri bilan tutashadi. Terida, ayniqsa, qo’l va oyoq barmoqlari uchida, tirnoq o’rnida ko’plab arteriolo-venulyar anastomozlar mavjud. Ular issiqlik almashinuviga bevosita aloqadordirlar.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling