Mavzu: Suv tarkibidagi Ca va Mg ionlarini aniqlash


Download 96.41 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi96.41 Kb.
#1024927
Bog'liq
iesda yoqilg\'i qayta o\'zlashtirish


MAVZU:Suv tarkibidagi Ca va Mg ionlarini aniqlash
Sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida simob, xrom, kadmiy, rux, qo‘rg‘oshin, mis, nikel, mishyakning turli birikmalari va boshqa moddalar qayta ishlanadi yoki qo‘llanadi. Buning natijasida oqova suvlar ularning qoldiqlari bilan ifloslanadi. Oqova suv tarkibidar) bu moddalarni ajratib olishda tozalashning reagent usuli ko‘proq ishlatiladi. Bu usulning mohiyati turli reagentlar qo‘shib, oqova suv tarkibidagi eriydigan moddalarni erimaydigan holatga o‘tkazib, ularni cho'kma ko‘rinishida suv tarkibidan ajratishdir. Reagent tozalash usulining kamchiligi cho‘kmalar bilan birga qimmatbaho moddalar ham yo‘qotiladi. Oqova suv tarkibidagi og‘ir metall ionlarini ajratib olishda reagentlar sifatida kalsiy gidroksid Ca(OH) 2 natriy gidroksid NaOH, natriy karbonat Na 2C O3, natriy sulfid Na2S, turli chiqindilar, masalan, tarkibida (%) CaO—51,3; MgO—9,2; SiO2 —27,4; Cr2O3—4,13; A12O3-7,2; FeO—0,73 boigan ferroxrom shlaki qoilaniladi. Bu reagentlar ichida kalsiy gidroksiddan ko‘proq foydalaniladi. Metallarni cho‘ktirish gidroksid ko‘rinishida olib boriladi. Bunda jarayon pH i har xil boiishi mumkin. Turli metallar gidroksidlarining cho‘kmaga tusha boshlashi va to iiq cho'kishga mos keluvchi pH qiymati metallarning xossasi, eritmadagi konsentratsiyasi, temperatura va eritmadagi iflosliklar miqdoriga bogiiq. Masalan, ikki yoki bir necha metall ionlarining pH =const boiganida birgalikda cho‘ktirilishi ularni alohida cho‘ktirilganidan ko‘ra yaxshi natija beradi. Bunda aralash kristallar hosil boiadi va qattiq faza yuzasida metall ionlarining adsorbsiyasi vujiidga kelib, ba’zi metall ionlarini to’liq tozalash imkoni tugiladi.
Temir tuzlaridan tozalash. Tabiiy suv tarkibida temir 0,01 dan 26 mg/ 1 gacha boiadi. Suv havzalarida temirning ChMM si 0,5 mg/ 1 dir. Oqova suvni temirdan tozalash uchun aeratsiya, reagent, elektrdializ, adsorbsiya va teskari osmos usullari qoilaniladi. Aeratsiya usulida 2 valentli temir tuzi 3 valentlikka oksidlanadi. Aeratsiya ventilatsion sovitgichda olib boriladi. Shundan so‘ng cho'kmani ajratib olish uchun filtrlash, cho‘ktirish usuli qoilaniladi. Temir gidroksidi Fe(OH)3 cho‘kishi jarayonida amfoter cho‘kma — Fe2O3hosil qiladi.



Fe(O H )3 = Fe2O3 + 3H2O Oqova suvni xlor, ozon yordamida ham temirdan tozalash mumkin. Oqova suvlarni og‘ir metall ionlaridan reagent usulida tozalash 5.11-rasm da keltirilgan. Ushbu usulning kamchiligi ko‘p .miqdordagi qiyin suvsizlanadigan shlakning hosil bo'lishidir. Bundan tashqari, tozalangan suvda ko‘p miqdorda kalsiy tuzlari bo‘ladi. Shuning uchun uni aylanma suv ta’minotida ishlatish qiyin. Shu sababli ham tindirishdan so‘ng suvga ketma-ket kalsiy xlorid va soda qo‘shiladi. Bunda metall karbonatlari kalsiy karbonati bilan birga cho‘kishi yuz beradi. Hosil bo‘lgan kristall cho‘kmalar oz miqdorni tashkil qiladi va oson suvsizlanadi. Shunday qilib bir vaqtning o‘zida suvning yumshatilishi ham amalga oshadi, bu esa suvni aylanma suv ta’minotida ishlatish imkonini beradi. Simobning organik birikmalari zaharli ximikatlar sifatida metallorganik birikmalarni sintez qilishda, plastik materiallarni, qog‘ozli massa, to'qimachilik mahsulotlari, kazein yelimlarini mog‘or zam burugiaridan himoyalashda ishlatiladi. Organik birikmalari juda zaharli. Anorganik birikmalardan farq qilib, ularning simob ionlariga reaksiya bermaydi. Simobning suv havzalaridagi ChMMsi 0,005 mg/1 dir. 10 — S. M. Turobjonov va b. 145 Simob metali oqova suv tarkibidan cho‘ktirish yoki filtrlash hisobiga tozalanadi. Filtratdan o‘tgan yoki cho‘kib ulgurmagan zarrachalar xlor yoki NaOCl bilan HgCl2 gacha oksidlanadi. So‘ngra ularni ajratib olish va erkin xlor qoldiqlariga bog‘lash maqsadida qaytamvchilar (NaHSO4 yoki Na2SO3) qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan simob sulfidni temir xlorid bilan koagullanadi va natriy sulfid yordamida cho‘ktirib olinadi. Oqova suv tarkibidan simobni ajratish uchun qaytarish usulidan foydalaniladi. Bunda qaytaruvchilar sifatida temir sulfid, natriy gidrosulfid, gidrazin, temir kukuni ishlatiladi. Suvda erigan simob birikmalarini qiyin eruvchan simob sulfidlariga aylantirib cho‘ktirish keng tarqalgan usullardandir. Buning uchun oqova suvga awal natriy sulfid qo‘shiladi, so‘ngra natriy, kaliy, kalsiy va magniy xlorid bilan ishlov beriladi yoki 0 , 1 g/ 1 miqdorda magniy sulfit qo‘shiladi. Bu sharoitda simob sulfidi granula holatida cho'kmaga tushiriladi va vakuum-filtr yoki filtr presslar yordamida ajratiladi. Suvdagi HgS ning eruvchanlik ko‘paytmasi 1,6- 10 -52 bo‘lib, eritmadagi qoldiq konsentratsiyaga mos keladi, u esa 2,5 • 10 -21 mg/1 ga teng. Oqova suvdagi simobni cho‘ktirish usulidan tashqari sorbsion usulda ham tozalanadi. Masalan, oqova suv tarkibida Zn, Cu, Ni, Co, Hg, Cd metallari bo‘lsa, bunday suvga Ca(OH) 2 yoki NaOH qo‘shilganda bu metallarning ionlari qiyin eruvchan birikmalar hosil qiladi. Zn, Cu, Hg kabi og‘ir metallar ionlari oqova suvda cho‘kma hosil qiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma ajratib olinadi. Ni esa eritmadan qiyin eruvchi birikma holatida ajraladi. Og‘ir metallar ionlarining gidroksid va sulfidlari bar-qaror kolloid sistemalar hosil qiladi. Cho‘kish jarayonini tezlatish uchun oqova suvga koagulant yoki flokulant qo‘shiladi.
Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling