2. Yo‘llarning ulanishi va strelkali o‘tkazgichlar.
O‘tkazgichning strelka va krestovina orasidagi birlashtiruvchi qismi to‘g‘ri uchastka va o‘tkazuvchi egrilardan iborat bo‘ladi. Ushbu egri radiusi krestovina burchagiga bog‘liq bo‘lib, burchak qiymati kamaygan sari radius kattalashib boradi. Krestovina burchagi kichik bo‘lgan o‘tkazgichlar poezdlarning katta tezlikda harakatlanishiga imkon beradi. Strelkali o‘tkazgichlar maxsus boshmoqlar, tagliklar, burama mix va kostil mixlar yordamida o‘tkazuvchi bruslarga yoki temir-beton plitalarga mahkamlanib ballast prizmasiga qo‘yiladi. Bosh yo‘llardagi strelkali o‘tkazgichlar odatda to‘g‘ri yo‘lda joylashtirilishi kerak.
Rasm. 1. Nuqta va strelkali o‘tkazgichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |