Simmetrik o‘tkazgich. Oddiy o‘tkazgich kabi asosiy qismlardan tashkil topadi. Simmetrik o‘tkazgichlar bekatlarda asosiy yo‘lni ikki yo‘lga bir xil burchak ostida tarmoqlantirish uchun qo‘llaniladi. Simmetrik o‘tkazgichlarda katta burchakli krestovinalar qo‘llanilishiga qaramay o‘tish egrisi radiuslarini kattalashtirish mumkinligi strelkalar orqali harakat tarkibi g‘ildiraklarining o‘tishini engillashtiradi.
2-rasm. Simmetrik strelkali o‘tkazgich chizmasi:
1 – to‘g‘ri yo‘l o‘qi; 2 – yon yo‘l o‘qi
Ayrilar, krestovina va o‘tkazgich egrilarining qisqaligi yo‘llar ulanishini sezilarli qisqartirishga imkon beradi. 1/6 markali R50 va R43 relьsli simmetrik o‘tkazgichlarning o‘tish egrisi 200 m va uzunligi 17,37 – 17,54 m bo‘lib ular odatda saralash parklarining tepalik bo‘g‘izlarida, joy tanqis hollarda lokomotiv va vagon xo‘jaliklari hamda yuk hovlilarining yo‘l tarmoqlarida qo‘llanishi mumkin. Kam hollarda har tomonli nosimmetrik o‘tkazgichlar qo‘llanilib, ular ikki yo‘lni har xil burchak ostida ulaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |