1. Temir yo‘llarda qo‘llaniluvchi relslar. Uzun relsranni ishlab chiqaruvchi zavod


Download 0.58 Mb.
bet8/12
Sana08.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#237162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Yo'llarning ulanishi va kesishuvi

Chorrahasimon o‘tkazgichlar harakatlanuvchi tarkibni bir yo‘ldan ikkinchisiga ikkala yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazishga imkon beradi. Bunday o‘tkazgich to‘rt juft ayrilar va to‘rt (ikki o‘tkir 1/9 markali va ikki to‘mtoq burchakli) krestovinalarga ega bo‘ladi.

4-rasm. Chorrahasimon strelkali o‘tkazgich chizmasi:

1 – to‘mtoq krestovina; 2 – ayrilar; 3 – o‘tkir krestovina
Har bir chorrahasimon o‘tkazgich o‘zaro qarama-qarshi joylashgan ikki oddiy strelkali o‘tkazgich xizmatini qilib bir muncha qisqa joy egallaydi. Ularni qo‘llash bekatlarda strelkali bo‘g‘iz uzunligini qisqartiradi va bir necha yo‘llarni kesib o‘tishda poezdlarning ortiqcha burilishlarsiz, osoyishta harakatini ta’minlaydi. Chorrahasimon o‘tkazgichlarni yirik yo‘lovchi bekatlarning bo‘g‘izlarida qo‘llash ma’qul, chunki ular yordamida bo‘g‘izda teskari burilishlar kamayadi, poezd vagonlarining harakati ravonlashadi va yo‘lovchilarga harakatning notinch ta’siri kamayadi. Bunday chorrahasimon o‘tkazgichlar uchastka va saralash bekatlarni qayta qurishda mavjud maydon uzunligidan unumli foydalanish maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin.

Chorrahasimon o‘tkazgichlar murakkab konstruksiyali tuzilishga ega bo‘lgani uchun ularning ish holatini talab darajasida ta’minlash qiyin va shu bilan birga ular orqali poezdlarni katta tezliklarda (70 km/s) beto‘xtov o‘tkazishga ruxsat etilmaydi.

Strelkali o‘tkazgichlarning bekat yo‘llarida krestovina markasiga qarab qo‘yilishi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval

Strelkali o‘tkazgich joylashgan yo‘l nomi



Strelkali o‘tkazgichning krestovina markasi

Oddiy

Simmetrik

Bosh va qabul qilish-jo‘natish yo‘llari

1/11*

-

Yuk poezdlarining qabul qilish-jo‘natish yo‘llari

1/9

1/6

Boshqa yo‘llar

1/8

1/4,5

* Yo‘lovchi poezdlar faqat to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab o‘tkazilsa 1/9 markali strelkali o‘tkazgichlarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
Temir yo‘llarda kuchaytirilgan konstruksiyali, to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab 160 km/soat gacha tezlikda harakatlanishga imkon beradigan 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlarni qo‘llash ko‘payib bormoqda. Poezdlarning bosh yo‘ldan yon yo‘lga katta tezlikda o‘tish yo‘llariga 1/18 va 1/22 markali yotiq, zamonaviy strelkali o‘tkazgichlar qo‘yiladi. Bunda yon yo‘l bo‘ylab yurish tezligi tegishlicha 80 va 120 km/soatni tashkil etadi.

Tezyurar Moskva – Peterburg liniyasida yo‘lovchi poezdlarining to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab 200 km/soat tezlikda yurishi uchun mo‘ljallangan R65 relьsli, M1/11 markali strelkali o‘tkazgichlar qo‘llangan. O‘zbekiston temir yo‘llarining Toshkent – Samarkand shaharlari oralig‘ida yo‘lovchi poezdlarining yuqori tezlik harakatini tashkil qilish uchun harakatlanuvchan krestovina o‘zakli, M 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlar qo‘llanilgan. Ushbu o‘tkazgichning konstruktiv tuzilishida harakatlanadigan, egiluvchan o‘zakli krestovina qo‘llangan. Ish holatida o‘zak tegishli krestovina usovigining yon qirrasiga zich yopishib harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklari uchun uzluksiz relьsli yuzani tashkil etadi.



5-rasm. Harakatlanuvchan o‘zakli krestovina



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling