1. Temir yo‘llarda qo‘llaniluvchi relslar. Uzun relsranni ishlab chiqaruvchi zavod


Download 0.58 Mb.
bet10/12
Sana08.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#237162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Yo'llarning ulanishi va kesishuvi

*6 “Fuqarolik muhandisi va Arxitektorning jurnali”dagi Hisobot, IV son, 284-sahifa

– degan savol o’rniga – yog’ochdan qanday eng yaxshi foydalanish mumkin? degan savolni keltirib chiqaradi. Ammo bu savollarga javob qanday bo’lishidan qat’i nazar ularni izlash vaqtida to’plangan ma’lumotlar qimmatliroq bo’ladi.

Kasb ahamiyatidan avval yog’ochga ishlov berishning to’rt usuli paydo bo’ldi: Kyan’s, Brunett’s, Bethell’s va Payne’s.

Kyan’sning uslubi 1832-yil, 31 Martda patentlangan, yog’ochni korroziya sublimat yoki merkuriy bixloridga to’yintirishdan iborat. 1705-yilda Homberg Parij Qirollik Fan Akademiyasida “Provencedagi bir odam, mamlakatda tez-tez sodir bo’ladigan, inkrustatsiyalarning qurtlar tomonidan yemirilishini oldini olish uchun ularni korroziya sublimat aralashtirilgan suvga botirib olishni maslahat bergan, va bu foyda keltirgan.”*7

“Dengiz qo’shinlari Inspektorlari Komiteti Sekretari, Janob Knowles tomonidan 1821-yilda chop etilgan, quruq-chirigan materiallar borasidagi ishida yog’ochning chirishini oldini oluvchi moddalar ichida korroziya sublimat ham bor; hamda, Janob Davy bundan bir necha yil avval Admirallik va Dengiz kuchlari Boshqarmasiga korroziya sublimatni chirishga qarshi modda sifatida tavsiya etgan.”*8

Kyan’s usuli bo’yicha namlash ochiq idishlarda amalga oshiriladi. Great Western Railway Company, West Dayton yaqinidagi Bull’s Bridge da qo’llanilgani yuqorisida 84 fut uzunlik va 9 fut kenglikdagi, yonida 60 fut uzunlik va 12 fut 8 inch kenglikdagi va 9 fut chuqurlikda edi. Tomonlari Amerika sosnasining 4 inch qalinlikdagi, 12/10 inch ostona va yuqori qismi 10 inch2karkas bo’laklardan iborat edi. Bu karakaslarning 10tasi idishning ikki qismida uzunasiga 8inch2 diagonal bruslar biriktirilgan. Idish tekislik bilan deyarli bir xil qilib yerga cho’ktirilgan. Tomonlardan 2 fut tepada turgan karkaslarga 15/12 inch rigellar, yog’ochni suvda ushlash uchun biriktirilgan. Shunga qaramay ularning qalqib chiqishi shunchalik yuqori bo’lganligi sababli rigellar markazida 1 ½ inch qayrilgan, bir holda esa idish butunlay o’z joyini o’zgartirgan.


*7 “Parijdagi Qirollik Fan Akademiyasi memuarlari” 1699-1720 II son, 223-sahifa.

*8 Ure ning “San’at Lug’ati”III nashr, 811-sahifa
Aylanadigan o’qqa biriktirilgan machta yog’oshlarni olishda qo’llanilgan.*9

Yog’ochni tayyorlashga ishlatilgan suyuqlik 1062 gallon suvda 224 funt korroziya sublimat, yoki 1/5funt/gallonga teng. 1836-yilda jarayon 50 fut3 yuk uchun 20 shilling hisoblangan. Buning yarmi litsenziya, risk, av foydadan, ¼ qismi idishni to’ldirish, bo’shatish va tashishga ketgan ish narxi. Qolgan chorak qismi yechimning narxi.*10Sublimat qaynoq suvda eritilgan, hamda Great Western idishiga solinib, eritmaning kuchi gidrometr orqali tekshirilgan.

Usulning samarasini oshirish uchun yog’och eritmaga tushirilish o’rniga, eritma yog’och ichiga quyolgan. Shu maqsadda yopiq idishlar ochiqlariga, yog’ochni olish uskunasi inyeksion nasosga almashtirilgan va h.k.lar havo nasoslarida tashqari qo’shilgan. Bu kelishuv Hull va Selby Railwayning doimiy yo’li uchun yog’och tayyorlashga mo’ljallangan edi, va 1842-yilda Fuqarolik Muhandislari Instituti oldida ma’lum qilingan. ‘Fuqarolik muhandisi va Arxitektorning jurnali’da quyidagi Hisobot chop etilgan.*11

“Apparat ikki idish , rezervuar, ikki nasos va ikkilangan havo nasosidan iborat. Idishlar silindrsimon, tekis oxirlarga ega va deyarli yarim inch qalinlikdagi temir plitalardan yasalgan; uzunligi 70 fut, diametri 6 fut: har burchagida tashqarisida tekis, ichki qismida botiq tushirish va ko’tarishga mo’ljallangan eshiklardan iborat. Har bir oxiri 5ta parallel temir belbog’lar bilan tank yuzasiga mahkamlangan. Bu belbog’larning mustahkamligiga qaramasdan, ish jarayonida bir nechtasi uzilib ketgan. Idishlar voylok bilan mahkamlanib, ular ustidan mis zaklyopkalar bilan mahkamlangan qobiq yotqiziladi: bu temir va erroziya sublimati o’rtasidagi zararli ta’sirni oldini olish uchun qo’llaniladi. Bunda odatda bir latun tortuvchi 2 inch diametrli va 6 inch urilish kuchiga ega nasosdan iborat: ammo, kamdek ko’rininb, yana bir 4 inch diametrlisi, 100 funt/inch2 ga osongina chiqdi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling