1. Terminlarga xos xususiyatlarni sanang. Atamalar qaysi mezonlar bo`yicha tasnif qilinadi?
Download 268.96 Kb. Pdf ko'rish
|
O`zbek tilining sohada qo`llanilishi
lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika,
fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari: a) Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi. b) Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy- siyosiy o’zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. “Davlat tili haqida”gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo’nalishlari bo’yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o’tkazish, ularni “o’zbekchalashtirish”ga imkoniyat yaratildi. Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni “milliylashtirish”ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ha nihoyatda ko’paydi. Jo’yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo’lishi qiyin bo’lgan takliflar ham o’rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig’I sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o’quv xonasi, sirk-tomosaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog’oz, seyf-zarf, attestatsiya-ko’rik, samolyot-aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya- naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaroq va hokazo. Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingach, o’rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o’rtaga tashlandi. Ulug’ ma’rifatparvar Fitrat 1921 yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolyutsion “Chig’atoy gurungi” tashkilotining dasturini bayon etib, o’zbek tilidan yot so’zlar (arabcha, forscha, ruscha)ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo’lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi. Ular(tilning sofligi uchun kurashuvchilar - mualliflar)… ko’plab qadimiy so’zlarni tiriltirishni, o’zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob,maktub so’zlari o’rniga emgak, el, oqish, o’g’ut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so’zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so’zlari o’rniga baliq, taniq, sipok so’zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so’zlar o’rniga o’txona, otash arava, o’zgarish, yo’qsil, o’zi qaynar, choparxona, ekin bilg’ich, simchiroq, yer biligi, o’simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so’z va iboralarni ishlatishni ko’tarib chiqdilar. Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida belgilash g’oyasi yotadi. Masalaning qo’yilishi ana shu tarzda bo’lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona kabi so’zlar bu g’oyaga mos kelmaydi. O’z- o’zidan savol paydo bo’ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so’zlar umumturkiy bo’lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo’ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bildi nima? Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o’zgarishlar jarayoniga o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo’ldi. Millatsevatlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo’lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo’llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so’zlar shaklida qo’llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi. Tilimizda qo’llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, Download 268.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling