1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar


Download 141.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi141.09 Kb.
#1143787
  1   2   3


1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar. 
Reja: 
1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar. 
2. Mashinasozlikda texnologik jihozlarning o’rni va ahamiyati. 
3. O’zbekistonda stanoksozlik taraqqiyoti istiqbollari. 
4. Mashinasozlik sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlari 
natijalari, hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya 
yutuqlari. 
5. Fanning vazifalari. 
 
1.1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar. 
Metall qirqish stanoklar deb metall va boshqa konstruksion materiallardan 
tayyorlangan zagotovkalardan metall qirqish asboblar yordamida qirindi olib kesib 
ishlash natijasida detal (mahsulot)larga aylantirish uchun mo'ljallangan 
mashinalarga aytiladi. 
Hozirgi zamon metall qirqish stanoklari juda murakkab texnologik 
jarayonlarпi bajara oladigan turli va keng tarqalgan mashinalardir. Yug`on sifatli 
va aniq detallarni ishlab chiqarish texnologiyasidagi katta yutuqlarning 
mavjudligi, kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyani qo`llanishiga qaramay 
kesib ishlash va unga mos ravishda metall qirqish stanoklarning mashinasozlikdagi 
ahamiyati pasaymayapti. Zamonaviy stanoklarda soatlar va priborlarning eng 
kichik elementlaridan tortib, turbina, teploxod, prokat stanlari va boshqalarni
o'lchamlari bir necha metrlarga yetadigan detallariga ishlov beriladi. Shu tufayli 
stanoklarning gabaritlari ham har xildir. Ularning tarki biga juda ko'p mexanizmlar 
kirib, ular turli harakatlarni amalga oshirish va ish siklini boshqarish maqsadida 
mexanik, elektrik va gidravlik usullardan foydalaniladi. 
 
1.2. Mashinasozlikda texnologik jihozlarning o’rni va ahamiyati. 
Stanoksozlik miqdor va sifat jihatidan to'xtovsiz rivojlanib bormoqda. 
Stanoklarning aniqligi, quvvati, ish unumdorligi, ishonchliligi va uzoq muddat 
ishlay olish ko'rsatkichlari yaxshilanib bormoqda. 
Ularning ekspluatatsion xarakteristikalari zamon talablariga moslashmoqda
texnologik 
imkoniyatlari 
kengaymoqda, 
kompanovka 
va 
shakllari 
mukammallashmoqda. Stanoksozlikning taraqqiyoti barcha sohalarini ish 
unumdorligi yuqori va eng sifatli stanoklar biIan qurollantirib turish imkoniyatini 
yaratadi. 
Metallarga ishlov berish orqali kerakli shakl berish qadimdan ma’lum bo’lib, 
Osiyoda va O’rta yer dengizi atrofi mamlakatlarida olib borilgan arxologik qidruv 
ishlari shuni takidlaydiki, bu xududlarda haqiqatdan ham qadimda metallarga 
ishlov berish manfakturalar vujudga kelgan. Shu jumladan, uzoq davrlardan 
ajdodlarimiz yog’och materiallaridan hamda metallarni rudalardan ajratib olish va 
ulardan murakkab texnologik jarayonlar orqali yumushga kerakli buyumlar yasash 
bilan mashg’ul bo’lganlar. 


XVIII- asrning oxirlari va XIX- asrning boshlaridan boshlab G.Bissemer, 
S.Tomos (Angliya) P. Marten (Frantsiya) tomonidan po’lat materillarini yangi - 
yangi navlari ixtiro etildi. Bu materiallarga maqsadli ishlov berish uchun 
dastgohlar yaratila boshlandi. 

Download 141.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling