1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar
Download 141.09 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni o`qitishdan maqsad
- Fanning vazifasi
1.5. Fanning vazifalari.
“Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari” fanida mashinasozlik ishlab chiqarishining asosiy texnologik jihozlari hisoblangan metall qirqish stanoklari, raqamli dasturda boshqariladigan stanoklar, avtomatlar va yarimavtomatlar, avtomatik liniyalar, moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari, sanoat robotlari, tayyorlov operatsiyalari uchun jihozlar tasnifi, ularning tuzilishi va hisoblash usullari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va hududiy muammolarning mashinasozlik sohasida ishlatiladigan texnologik jihozlar istiqboliga ta`siri masalalarini qamraydi. Zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishi mahsulot konstruktsiyasining murakkablashuvi va ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasining tez o`zgaruvchanligi hamda mahsulotni ishlab chiqarish muddatlarining qisqaligi bilan xarakterlanadi. Bunday sharotlarda ishlab chiqarishni jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda mahsulot raqobatbardoshligini ta`minlash talab etiladi. Shuning uchun yuqori unumdorlikka va aniqlikka ega avtomatlashtirishni texnologik jihozlar: raqamli dasturda boshqariladigan (RDB) stanoklar va ular asosidagi moslanuvchan ishlab chiqarish komplekslari, sanoat robotlari, avtomatlar va yarimavtomatlar, avtomatik liniyalar zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishida muhim o`rin egallaydi. Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarishning texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish qo`lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga texnologik jihozlar haqida umumiy ma`lumotlar: stanoklar klassifikatsiyasi, shakllantirish harakatlari asosidagi ishlash printsiplari, asosiy qurilmalari, muhim qismlari, avtomatik boshqarish, jumladan: raqamli dasturda va mikroprotsessorli boshqarish sistemalari, sanoat robotlari haqidagi ma`lumotlarni va texnologik jihozlardan foydalanish va ularning aniqligi va mahsuldorligini oshirish, ma`lum ishlab chiqarish sharoitlarida ulardan munosibini tanlash usullarini o`rgatishdan iborat. Download 141.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling