1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari. Kridit turlari. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Download 38.97 Kb.
bet3/6
Sana23.03.2023
Hajmi38.97 Kb.
#1287730
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pul va banklar. Sobirov B

3. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari.

Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan opera-tsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv hisob raqamidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Tijorat banklari passiv opera-tsiyalar yordamida kreditlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini tashkil qiladi.

Passiv operatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin (27-chizma).

Passiv operatsiyalar





Qimmatli qo-g‘ozlarni muo-malaga chiqa-rish yo‘li bilan resurslarni yig‘ish

Foyda hisobidan har xil fondlarni tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish


Boshqa kre-ditorlarning mablag‘larini jalb qilish


Depozit operatsiyala-rini amalga oshirish





Bankning

o‘z mablag‘lari

Jalb qilingan mablag‘lar

27-chizma. Passiv operatsiyalar.


Birinchi, ikkinchi operatsiyalar tufayli bankning o‘z mablag‘lari yuzaga kelsa, so‘nggi ikki operatsiya tufayli bankning jalb qilingan resurslari yuzaga keladi.

Banklarning o‘z mablag‘lari tarkibiga:

  • bankning ustav kapitali;


  • bankning zaxira kapitali;


  • maxsus fondlar;


  • moddiy rag‘batlantirish fondi;


  • bankning taqsimlanmagan foydasi;


  • boshqa har xil tashkil qilingan fondlar kiradi.


Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi.



Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. Bular:
  • depozitlar;


  • kontokorrent;


  • korrespondent schyotlaridagi mablag‘lardir.



Depozit so‘zi lotincha “depositum” so‘zidan olingan bo‘lib, omonat, asrab qo‘yilgan degan ma’nolarni beradi. Depozitlar – bu:
  • bank va omonat kassalarga qo‘yilgan omonatlar;


  • mijozlarning bankka muayyan talablarini tasdiqlovchi, bank daf-taridagi yozuvlar;


  • kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qo-g‘ozlar (aksiyalar va obligatsiyalar);


  • bojxona muassasalariga boj va bojxona yig‘imlari tarzidagi to‘lovlar uchun oldindan berilgan badallar;


  • sud va ma’muriy muassasalarga da’voni va sudga kelishini ta’-minlash maqsadida o‘tkaziladigan pul badallari.


Demak, depozit banklarda saqlash uchun topshirilgan pul mab-lag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlardir.



Depozitlar – xo‘jalik subyektlari va xususiy shaxslarning pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlarini talab qilinishi bilanoq shartnoma asosida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘langan yohud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan saqlash uchun bankka qo‘yiladigan omonatlardir. Depozitlar banklarning kredit berish, faktoring operatsiyalari o‘tkazish, investitsiyalarni amalga oshirishda foy-dalaniladigan ssuda fondini tashkil qilish manbayi hisoblanadi.

Depozitlarning quyidagi turlari mavjud:


  • talab qilib olinguncha depozitlar;


  • jamg‘arma depozitlar;


  • muddatli depozitlar;


  • jamg‘arma (depozit) sertifikati;


  • boshqa depozitlar.





Download 38.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling