1. Tilning jamiyatda tutgan orni


Til va tafakkur tushunchasi


Download 108.91 Kb.
bet3/47
Sana13.04.2023
Hajmi108.91 Kb.
#1351727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
ona tili

6. Til va tafakkur tushunchasi.
Til va tafakkur tushunchalari, til va nutq, ularning farqi, tilning o’ziga xos jihatlari, so’z tushunchasi, belgi, nutqiy faoliyat, oddiy so’zlashuv nutqi , adabiy so’zlashuv nutqi, og’zaki nutq, yozma nutq , manbalar, monologik nutq, dialogik nutq, polilogik nutq, yozma nutqning uslubiy turlari – ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy – idoraviy.

Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog'liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til vositalari bo’lmasa, fikrlash ham bo lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan.til bilan ifodalanadigan in'ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli.uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda.til — tafakkurning borliq shakli.


Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma'naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi.bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.
Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog'liq holda mayjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi.
7. 10 ta ozbek xalq maqollarini yozing va izohlashga harakat qiling.
Aylanasi ovuli,
To'garagi to'rkuni.

Ayrilmagin elingdan,


Quvvat ketar belingdan.

Badqavm bo'lsang bo'l,


Beqavm bo'lma.

Baliq suv bilan tirik,


Odam — el bilan.

Begona tuproq — devona tuproq.


Betkay ketar, bel qolar,


Beklar ketar, el qolar.

Birovning yurtida bek bo'lguncha,


O'zingning yurtingda it bo'l.

Bulbul chamanni sevar,


Odam — Vatanni.

Bulbulga bog' yaxshi,


Kaklikka — tog'.

Vatan gadosi — kafan gadosi.


8. Ozbek tili ijtimoiy vazifalarining kengayishi qaysi sohalarda yaqqol kozga tashlanadi?
Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi kishilik jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘ tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan. Shevalarda tilning muayyan taraqqiyot bosqichlariga xos urug‘, qabila, elat tili xususiyatlari o‘z izini qoldirgan.
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa vazifa nuqtayi nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning og‘zaki nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi. Masalan, o‘zbek tili – ko‘p dialektli til, bu tilga qarluq – chigil – uyg‘ur lahjasi asos bo‘lgan. Bu dialekt Farg‘ona, Toshkent, Samarqand – Buxoro shevalarini o‘z ichiga oladi. Bu hol o‘zbek tilining o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi.

Download 108.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling