1. tokarlik dastgohini tuzilishi konstruktiv elementlari asosiy va yordamchi qismlari
Yоyning issiqlik harakteristikasi
Download 2.85 Mb.
|
2-Kurs TTP Hemis uchun 2023
Yоyning issiqlik harakteristikasiMa’lumki, elektrik yoydan juda katta issiqlik ajraladi va bu issiqlik payvandlanayotgan metall bilan elektrod uchini suyuqlantiradi. YOyning to‘la issiqlik quvvati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi. qe = 0,24 · I · U kal/sek yoki m/sek bu erda 0,24- elektrik kattaliklarning birliklarini issiqlik kattaliklari yoyning kuchlanishi. SHuni qayd etish lozimki, payvandlashda yoy issiqligining 20 protsenti tashqi muhitga o‘tish sababli yoyning effektiv issiqlik quvvati bir muncha kamayadi va uni tubandagi formula bilan aniqlanadi. 18.ELEKTR YOYI YORDAMIDA HIMOYA GAZLARI MUHITIDA PAYVANDLASH Elektr yoy nurlanishining zararli ta’siri. Payvandlash yoyidan tarqaladigan ko‘z ilg‘amas ultrabinafsha nurlar ko‘zning to‘r va qorachig‘iga zararli ta’sir qiladi. Agarda yoy shu’lasiga himoyalanmagan ko‘z bilan 5—10 minut qarab turilsa, oradan 1—2 soat o‘tgandan keyin kishining ko‘zi og‘riydi, qovoqlari shishadi, yoshlanadi, yorug‘ga qarolmaydigan bo‘lib qoladi va ko‘zi shamollaydi. Bunday hollarda shifokorga murojaat qilish kerak. Yoydan ajralib chiqadigan boshqa ko‘z ilg‘amas nurlar (infraqizil nurlar) ham uzoq vaqt ta’sir qilganida ko‘zning kasallanishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘zni saqlash uchun muhofaza oynali qalqonchalar va shlemlar ishlatiladi. Oynalar ultrabinafsha nurlarni butunlay o‘tkazmaydi, infraqizil nurlarning esa, umumiy miqdoridan faqat 0,1 dan 3% gachasini o‘tkazadi. Flus ostida payvandlashda shlak yoki flus parchalari ko‘zni jarohatlamasligi uchun rangsiz yoki salgina qoraroq qilingan ko‘zoynaklar taqiladi. Tevarak-atrofda ishlayotgan kishilarni payvandlash yoyi nurlari ta’siridan saqlash uchun payvandlanadigan joy 1,8 m balandlikdagi yorug‘lik o‘tkazmaydigan shitlar, shirmalar yoki fanera hamda brezentdan qurilgan kabinalar bilan to‘siladi. Kabina ichida havo yaxshiroq almashinib turishi uchun kabinaning devorlari poldan 25—30 sm baland bo‘ladi. Yorug‘lik tafovutini kamaytirish uchun kabina devorlarini yorug‘ ranglarga (kulrang, havorang, yashil, sariq) bo‘yash hamda ish o‘rnini yanada yaxshiroq sun’iy yoritish tavsiya etiladi. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling