1. tokarlik dastgohini tuzilishi konstruktiv elementlari asosiy va yordamchi qismlari
Download 2.85 Mb.
|
2-Kurs TTP Hemis uchun 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz yordamida payvandlashda xavfsizlik texnikasi.
Elektr tokidan jarohatlanish. Payvandlashda eng katta salt ishlash kuchlanishi, odatda, 70 V dan oshmasligi kerak. Rezervuarning ichida turib payvandlashda tokdan jarohatlanish ayniqsa xavflidir. Chunki rezervuar ichida payvandchi elektrod tutkichga nisbatan kuchlanish ostida bo‘lgan metall yuzalariga tegib turadi.
Tok urishining oldini olish uchun: Nam joylarda rezina etiklar va qo‘lqoplar (brezentqo‘lqop) kiyib ishlash, kiyim-kechaklar quruq va butun bo‘lishiga e’tibor berish zarur. Muhofazalanmagan qo‘llarni tok o‘tayotgan qismlargatekkizmaslik kerak. Bevosita payvandlash zanjiriga ulangan payvandlanadigan buyumda ishlashda rezina gilamcha yoki quruq yog‘och taglik ustida turish kerak. Rezervuarlarning ichida ishlaganda ikki kishi, ya’niyordamchi payvandchi bo‘lishi kerak. Yordamchi payvandchi rezervuarning tashqarisida turishi hamda zarur bo‘lganda yordam bera oladigan bo‘lishi lozim. Vaqtincha biror joyga ketganda hamda ishni tugatganda payvandlash qurimasini elektr toki tarmog‘idan uzib qo‘yish shart. Payvandlash jihozlarini tok to‘xtatilganidan keyinginata’mirlash va montaj qilish lozim. Tok o‘tishi kerak bo‘lmagan apparat yoki uskuna qismlarida kuchlanish borligi aniqlanishi bilan darhol payvandlashni to‘xtatish va mutaxassisni chaqirish kerak. Payvandlash qurilmasi va ta’minlash manbalariningqobiqlari yerga puxta ulangan bo‘lishi zarur. Yerga ulash konturidan payvandlash zanjirining qarshi simi sifatida foydalanish man etiladi. Ishga tushiruvchi va to‘xtatuvchi qurilmalar g‘iloflarbilan muhofazalangan bo‘lishi zarur. Eruvchan saqlagichlarning nominal toki elektr sxemada yoki jihoz pasportida ko‘rsatilgan tokdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Gaz yordamida payvandlashda xavfsizlik texnikasi. Gaz yordamida payvandlash va kesishda asetilen generatorlari, kalsiy karbidi va gorelkalardan noto‘g‘ri foydalanilganda, shuningdek, alanga gorelka ichiga urganida asetilen–havo aralashmasining portlashi asosiy xavf-xatar manbalari bo‘lishi mumkin. Kislorod reduktorlari klapaniga moy tomganida yoki ballon ventili keskin ochilganda uning yonib ketish hollari ham bo‘lishi mumkin. Yuqori bosim ostida bo‘lgan kislorod ballonining portlashi ayniqsa xavflidir. Gorelka alangasi noto‘g‘ri ishlatilsa, ehtiyot qilinmasa, payvandchining kuyishi va xonada yong‘in chiqishi mumkin. So‘ruvchi ventilatsiya o‘rnatilganda sarflanadigan har bir m3 asetilen hisobiga gaz yordamida payvandlash va kesish joyidan 1000–1500 m 3 havo so‘rilishi kerak. Ko‘zni alanga nurlaridan saqlash uchun alanga quvvatiga qarab Ö1, Ö2 yoki Ö3 yorug‘lik filtrli (oynali) ko‘zoynaklar taqiladi. Yordamchi ishlarni payvandlash sexlarida bajarishda Ö1 yorug‘lik filtrli ko‘zoynaklardan foydalaniladi. Ko‘zni chang va metall zarrachalaridan saqlash uchun oddiy tiniq oynali muhofaza ko‘zoynaklari taqiladi. Tangasimon opravali berk tiðdagi yoki qaytarma ramali maxsus ko‘zoynaklar ishlatilishi kerak. Qaytarma ramali oynak qulayroq. Chunki tanaffus vaqtida yoki payvandchi chizmani, detal va boshqalarni ko‘rish lozim bo‘lgan hollarda ko‘zoynakni peshonasiga surib qo‘yishi shart emas. Ko‘zoynaklarni mahkam tutish uchun zarur tasmalar o‘rniga rezina lentadan foydalanilgani yaxshiroq. Ochiq alanga bilan asetilen apparatiga 10 m dan yaqin kelish mumkin emas. Generator hajmi kamida 60 m3 va havosi yangilanib turiladigan xonaga o‘rnatilishi zarur. Apparatdagi suv muzlab qolmasligi uchun xonaning harorati kamida 5 C bo‘lishi kerak. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling