1. To‘ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi. To‘ldiruvchilarning dona shakli va o‘zaro joylashishi


To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi


Download 0.65 Mb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1630408
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Maruza

To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi
G‘ovaklik - to’ldiruvchi donasidagi barcha g‘ovaklarning hajmlari yig‘indisini dona hajmiga nisbatiga aytiladi. Ko’pincha har bir donaning alohida g‘ovakligi emas, balki olingan namunadagi donalarning o’rtacha g‘ovakligi aniqlanadi.
Agar donalar zichligi – ρ3 va to’ldiruvchi modda zichligi – ρ malum bo’lsa, u holda g‘ovaklik O‘zRST 723-96 “G‘ovaklikni aniqlash usuli” quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, (7)
Agar (7) formuladagi ρ3 o’rniga sement qorishmasidagi donalar zichligini qo’ysak, u holda barcha g‘ovaklik emas, balki uning qismi aniqlanadi, yani betonda sement qorishmasi to’ldirmaydigon g‘ovaklik aniqlanadi.
Umumiy g‘ovaklikdan kelib chiqib ochiq g‘ovaklarni aniqlaymiz va natijada beton to’ldiruvchilarining ochiq g‘ovaklarini to’ldirish uchun sarflanadigan qo’shimcha sement qorishmasi hajmi aniqlanadi.
To’ldiruvchilarning namligi va suv shimuvchanligi
To’ldiruvchilarning namligi va suv shimuvchanligini aniqlashda donalar g‘ovakligi asosiy faktorlardan biri hisoblanadi.
To’ldiruvchilar namligini aniqlash O‘zRST 721-96 “Namlikni aniqlash usuli” da namuna tarozida tortiladi va 105°S da quritish shkafida doimiy massaga kelgunicha quritiladi. To’ldiruvchilarning namligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, (8)
Bu yerda: mnam - to’ldiruvchi namunasining tabiiy holatdagi massasi, g
mkur - to’ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g
To’ldiruvchilarning suv shimuvchanligi Wcshm. (massa bo’yicha % da) aniqlashda, quruq yirik to‘liruvchilarnamunasi suvga 48 soat davomida solib qo’yiladi, so’ngra 1soat ëki boshqa vaqtda texnik shartlar ëki texnik talablarga ko’ra donalar yuzasidagi suvlardan qutuladi va torozida tortib olinadi:
, (9)
Bu yerda: mssh – suvga shimdirilgan to’ldiruvchilar namunasining massasi, g.
Sinash natijasida donalar yuzasidagi suvni yo’qotish maxsus jaraënga kiritiladi. O‘zRST 722-96 “Suv shimuvchanlikni aniqlash usuli” bo’yicha shag‘al yoki chaqiq tosh yuzasi yumshoq latta bilan artiladi. Yirik g‘ovakli to’ldiruvchilarning suv shimuvchanligi perforirlangan konteynerlarda aniqlanadi. Konteyner va undagi to‘ldiruvchilar namunasi birgalikda suvga solib qo’yiladi, 10 min suvdan chiqarib qo’yilib (ortikcha suvdan xalos etiladi), so’ngra tarozida tortib, hisob-kitob ishlari bajariladi. Ichki g‘ovaklarda mavjud suvni chiqarib tashlash qiyin.
Mayda to’ldiruvchilar uchun esa bu jaraënni o’tkazish yanada qiyin. Shu sababli mayda to’ldiruvchi (qum)lar uchun bunday sinovni o’tkazish standartda ko’rsatilmagan.
G‘ovak qumning suv shimuvchanligini aniqlash AQSh standartiga ko’ra quyidagicha aniqlanadi: qum namunasini suvda ushlab turiladi, so’ngra issiq havo oqimida quritiladi. Qumdan konus yasaladi. Forma olinadi, agar konus cho‘kmasa quritish davom ettiriladi. Qachonki forma olinganda konus cho’ksa, u holda donalar orasidagi suvdan xalos etiladi deb hisoblanadi, faqat g‘ovaklardagi suv qoldi deyiladi. So’ngra qum tarozida tortiladi, doimiy massagacha quritiladi. Suv shimuvchanlik quritilguncha va quritilgandan so’nggi massalar nisbati bo’yicha topiladi.
Qumning suv shimuvchanligini betonda sinash muhim hisoblanadi.
Ko’p hollarda yirik to’ldiruvchining suv shimuvchanligi hajm bo’yicha % da aniqlanadi, yani shimdirilgan suv hajmining dona hajmiga nisbatiga ko’ra topiladi. Massa bo’yicha % da suv shimuvchanlik – Wsshm. va dona zichligi – ρ3 ma'lum bo’lsa, hajm bo’yicha % da quyidagi formuladan topiladi:
, (10)
Ws.sh.x. hamma vaqt to’ldiruvchilar donasi g‘ovakligidan kichik bo’ladi, chunki barcha g‘ovaklar ham suv bilan to’lmasligi mumkin. Wsshx va Vg‘ovak dan kelib chiqib, g‘ovaklarning qaysi hajmi suv bilan to’lishi mumkinligi haqida ma'lumotga ega bo’lamiz.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling