1. To‘ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi. To‘ldiruvchilarning dona shakli va o‘zaro joylashishi


Download 0.65 Mb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1630408
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Maruza

To’ldiruvchilarning tarkibi
To’ldiruvchi donalari tarkibini tashkil etuvchi moddalar amorf ëki kristall, shu bilan birga g‘ovak ëki zich strukturani tashkil etadi. Umumiy turda ikkita turli strukturani ko’rib chiqamiz. Materiallarning amorf strukturasi izotrop holati bilan aniqlanadi, yani bunday materiallarning xususiyatlari barcha yo‘nalishlarda bir xil bo‘ladi.
Bu ijobiy faktor hisoblanadi, yani beton texnologiyasida to‘ldiruvchilar donalarini to’g‘ri joylashtirish va boshqarish qiyin kechadi. Kristallar anizatrob xisoblanib, temperaturaviy deformatsiyaning taqsimlanishidan va boshqa ta'sirlardan yuzaga keladi. Agar kristallar to‘ldiruvchi donalariga nisbatan kichik va material buyicha tartibsiz joylashgan bo‘lsa, bunday to‘ldiruvchi donasini izatrop deyiladi. Shu sababli kristall tosh jinslar asosidagi to’ldiruvchilar uchun mayda donadorlik katta ahammiyatga ega. G‘ovak materiallar izatrop va anizatrop bo’lishi mumkin. Anizatrop g‘ovak materiallarga ëg‘och kiradi. Uning strukturasi–tolali bo‘lib, materialning xususiyati tolaning bo’ylama va ko’ndalang o‘lchamlariga, joylashish tartibiga bog‘liq.
Izatrop materiallarning ikki xil strukturasini ko’rib o’tamiz:
yacheykali va donali.
1. Yacheykali struktura bu, qattiq materialning umumiy muhitida g‘ovaklar butun hajm bo’yicha alohida ëpiq (shartli ëpiq) yacheykalar holatida (rasm-2.2,a )uchraydi.
2.Donali struktura bu, qattiq material donalarining o’zaro yelimlangan (rasm-2.2,b) ko‘rinishidir.
Tabiiy pemza, keramzit, agloporit, termolit, azerit va boshqa sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar yacheykali strukturaga ega. G‘ovak ohaktosh asosidagi shag‘al, chig‘anoqlar, tuflar donali strukturaga ega.
Donali strukturali materiallarning suvshimuvchanligi yuqori bo‘ladi, yacheykali materiallarning suvshimuvchanligi kamroq va mustahkamligi yuqori bo‘ladi.
a) b)



Rasm-2.2. G‘ovak materiallarning strukturasi: a-yacheykali, b-donali
Bunday materiallarning donalarini yirikligi yacheykali materiallar g‘ovaklari yirikligi kabi bo‘ladi, faqat u ëki bu strukturalarning xususiyatlaridan kelib chiqib yuzaga keladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling