So’z tarkibi. Ot- so’z turkumi MAVZU: So’z tarkibi. Ot so’z turkumi. MAQSAD: o’quvchilarning egallagan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish; Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’rtoqlari bilan hamkorlikda ishlashga, erkin va mantiqiy fikrlashga o’rgatish; o’zining fikri orqali guruhda o’z o’rnini topa bilishga o’rgatish; mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatini o’stirishga yordam berish; Rivojlantiruvchi maqsad: qish faslining ziynatlaridan zavq olishga o’rgatish; tabiiy hodisalar haqidagi bilimlarni rivojlantirish. DARSNING TURI: umumlashtiruvchi dars. DARSNING USULI: interfaol dars DARSNING JIHOZI: topshiriqlar belgilangan kartochkalar, plakatlar. DARSNING TURI: umumlashtiruvchi dars. DARSNING USULI: interfaol dars DARSNING JIHOZI: topshiriqlar belgilangan kartochkalar, plakatlar. DARSNING BORISHI: I. Interfaol dars qoidasini eslatib o’tish. Faol bo’lish; fikrni to’liq bayon etish; intizomli bo’lish; o’zgalar fikrini tinglash; yangiliklar sari intilish; vaqtdan unumli foydalanish. II. Guruhlarga bo’lish. Guruhlarga bo’lishda tabiat hodisalaridan foydalaniladi. Kichik tarqatmalar: shamol, qor, yomg’ir, do’l so’zlari yozilgan qog’ozchalar teskari holatda qo’yiladi. Kim qaysi qog’ozchani olsa o’z stoliga borib o’tiradi. Guruh a’zolari aniqlangach har bir guruh o’zining guruh nomi atalgan tabiiy hodisaning ta’rifini va hosil bo’lishini aytib beradi. III. Guruh ishi. 1-topshiriq: Aqliy hujum: - Yasama so’z hosil bo’lmasligi uchun nima qilish kerak ? 1-topshiriq: Aqliy hujum: - Yasama so’z hosil bo’lmasligi uchun nima qilish kerak ? 2-topshiriq: Qor parchalar yordamida bajariladi. Chiziqlar o’rniga gapning mazmuniga mos so’zlar qo’yib yozing. Gapning ega va kesimini aniqlang. Husnixat qoidalariga rioya qilib yozing. 1-g. O’quvchilar ________ tayyorlandilar. 2-g. Bolalar __________ kuylayaptilar. 3-g. Dildora ________ qiziqadi. 4-g. Navbatchi ________ keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |