1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Gazlamalarning o‘rilishi


Download 106.76 Kb.
bet3/10
Sana24.12.2022
Hajmi106.76 Kb.
#1058165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
126804 var 7 c

I. Murakkab o’rilishlar
1. Ikki tomonli va ikki qatlamli o‘rilishlar
2. Tukli o‘rilishlar
3. Pike o‘rilishlar
4. Halqali o‘rilishlar
5. O‘ramali o‘rilishlar
II. Yirik gulli o’rilishlar.
Murakkab o’rilishlar ikki va undan ko’p iplar sistemasidan hosil bo’ladi. Murakkab o’rilishlar jumlasiga ikki tomonli, ikki qatlamli, tukli, pike, halqali va o’ramali o’rilishlar kiradi.
Ikki tomonli va ikki qatlamli o’rilishlar ip gazlamalar (satin-triko, bayka) va draplar to’qishda qo’llaniladi. Draplar to’qishda qo’llanilgan qo’shimcha iplar sistemasi gazlamaning qalinligi, zichligi va issiqni saqlash xossalarini yaxshilaydi.
Ikki tomonli o’rilishlar uchta iplar sistemasidan hosil bo’ladi. Bunda ikki tanda va bir arqoq yoki ikki arqoq va bir tanda bir-biriga zich o’rilishadi.
Ikki qatlamli o’rilishlar to’rt yoki beshta iplar sistemasidan hosil bo’ladi; bunday o’rilishda tudilgan gazlama ikki alohida gazlamadan iborat bo’lishi mumkin. Bu gazlamalar o’zaro to’rt sistemaning tashkil qiluvchilaridan biri bilan yoki qo’shimcha beshinchi sistema bilan biriktiriladi. Ikki qatlamli o’rilishda to’qilgan gazlamalarning o’ngi va teskarisi sifati va tola tarkibi har xil iplardan bo’lishi, o’ngi sidirg’a, teskarisi esa katak-katak yoki yo’l-yo’l guldor bo’lishi yo bo’lmasa, ikkala tomoni sidirg’a, lekin turli rangda bo’lishi mumkin.
Pike o’rilish murakkab bo’lib, qo’shimcha sistema qo’llanilishi bilan sohta pikedan farq qiladit. Pikening o’ngi polotno o’rilishda to’qiladi, qo’shimcha sistema esa uni tortib, qavariq gul hosil qiladi.
Tukli o’rilishda to’qilgan gazlamalarning o’ngida qirqma tik tuklar bo’ladi. Tuklar yaxlit yoki kengligi har xil yo’llar tarzida naqshdor bo’ladi. Yo’llar ichida mayda tukli naqshlar bo’lishi mumkin.
Tukli o’rilish uchta iplar sistemasi (bir sistema - tuq ikki sistema - asos, tanda va arqoq) dan iborat. Asos sistemalar polotno yoki sarja o’rilishda bo’lishi mumkin. Ular juda zich bo’lgani uchun tukni mustahkam ushlab turadi. Tukli ip gazlamalar — yarim baxmal va ip duxoba, tuklari arqoq sistemasidan chiqariladi. Bu tuklar gazlama to’quv stanogidan olingandan keyin, pardozlash paytida qirqiladi.
Tukli shoyi gazlamalar — baxmal, velyur, duxoba, sun‘iy mo’yna tuklari qo’shimcha tanda sistemasidan chiqariladi. Bu gazlamalar tukni o’zi qirqadigan ikki polotnoli stanoklarda to’qiladi. To’quv stanogida bir vaqtning o’zida ikki polotno hosil bo’ladi, ular bir-biriga tuklar sistemasi bilan bog’lanadi. Tez aylanib turadigan pichoq gazlama to’qilayotgan paytda tuk sistemasini qirqadi, natijada tukli ikkita bir xil gazlama hosil bo’ladi.
Tukli o’rilish gazlamalarni ko’rkamlashtiradi, ularning issiqni saqlash xossalarini va to’zishga chidamliligini yaxshilaydi, lekin bichish, tikish, dazmollashni qiyinlashtiradi. Bichish va dazmollash paytida tukning yo’nalishini hamda bir oz qiya bo’lishini hisobga olish kerak.

Download 106.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling