1-topshiriq bo‘yicha talaba 10 ta savolga aniq va lo‘nda javob bermog‘i lozim. Har bir savolga javob yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha to‘liq
Download 159.62 Kb.
|
tarix yozuv
1-TOPSHIRIQ: Savollarga javob bering:
Barkamol avlod tarbiyasida “О‘zbekistonning eng yangi tarixi fani”ning tutgan о‘rni. Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko’z qorachig’idek asrashining ko’pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo’lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog’liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o’z o’tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. Shuning uchun ham o’tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida O’zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta’limi sohasida o’qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat, maktabning 5-sinflaridagina O’zbekiston tarixidan hikoyalar degan hikoyalar predmeti o’qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o’z o’tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo’ldi. Bu mashum siyosatning ‘samarasi o‘laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrim kommunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O’zbekiston tarixini oliy o’quv yurtlarida o’qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko’rsatdilar. Bu antiqa qarshilik to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o’quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan fanlarning orasida o’zining qonuniy o’rni va nufuziga ega bo’ldi. O’zbekiston hukumati mustaqillikdan so’ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan o’rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri darajasiga ko’tardi.Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o’rganish va o’qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g’oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o’qitish va o’rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo’ysinmaslik, begona g’oya va mafkura hamda zug’umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga ega bo’ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat. O’zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo’lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g’oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, gurur va ozlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni ezozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgoylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash. Download 159.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling