1-topshiriq bo‘yicha talaba 10 ta savolga aniq va lo‘nda javob bermog‘i lozim. Har bir savolga javob yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha to‘liq
О‘zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bо‘linishi tamoyili
Download 159.62 Kb.
|
tarix yozuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ijtimoiy hayotdagi о‘rni.
О‘zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bо‘linishi tamoyili.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. Mazkur prinsip mustaqil, samarali va mas’uliyatli ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazaridan ushbu prinsipni to‘laqonli ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobi bevosita Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlandi. Ta’kidlash lozimki, ushbu bob 25 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida izchil takomillashtirib borildi. Xususan, 1993-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 9 marotaba (1993, 2003, 2007, 2008, 2011 yilda 2 marotaba, 2014, va 2017 yilda 2 marotaba) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi aynan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga ham qaratilgan edi. Xususan, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyati va huquqiy maqomiga bag‘ishlangan 98-moddasi uch marotaba – 2003, 2011 va 2014 yillarda yangi tahrirda bayon etilganligi ham konstitutsiyaviy islohotlar tizimida Vazirlar Mahkamasining naqadar ko‘p marotaba modernizatsiya qilinganligidan dalolat beradi. О‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ijtimoiy hayotdagi о‘rni. Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.). Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi bo’lishi mumkin. Download 159.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling