1-topshiriq bo‘yicha talaba 10 ta savolga aniq va lo‘nda javob bermog‘i lozim. Har bir savolga javob yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha to‘liq
Download 159.62 Kb.
|
tarix yozuv
Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda milliy qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.
Demokratik jamiyat kontseptsiyasida milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy qadriyatlarning o’rniga alohida ehtibor qaratilmoqda. Negaki, ular o’rtasida qathiy chegara yo’q. Bunday fikr bildirishimizga muayyan tarixiy sharoitlarda ob’ektiv zaruratlar tufayli jamiyat rivojlanishi uchun milliy qadriyatlar diniy qarashlar bag’rida shakllanganligidir. SHunga ko’ra bizning milliy qadriyatlarimiz faqat islom zaminida vujudga kelmagan, balki zardushtiylik, buddaviylik kabi dinlardan ham ko’p narsalarni olgan. Binobarin, har qanday qadriyatlarning bosh manbai ijtimoiy hayotdir. Buning isboti sifatida hozirgi davrda mamlakatimizda ko’pgina tarixan din bilan bog’liq qadriyatlar o’zlarining diniy mazmunini o’zgartirib, dunyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir. Ayni paytda, demokratik jamiyatni barpo etishda din har doim ham uning tarafdori bo’lavermaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab o’tish davrida islom g’oyalari va qarashlaridan bir-biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar yo’lida foydalanishga urinishlar jonlangan bir paytda, ana shu omilning o’rnini alohida tahlil etish zarur. Uning zaruratini Prezident I.A.Karimov alohida va bir necha marta ta’kidlab kelmoqda. «Mustaqillik yillarida eng katta qo’lga kiritgan yutuqlarimizdan biri tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda anhanalarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma’naviy yuksalishidagi o’rni va ahamiyatini qayta tiklanganligidir. Ayni zamonda, tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanligidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik, mahrifiy taraqqiyot yo’lidan og’dirishga intilmoqdalar». Keyingi yillarda dunyo miqyosida islomdan qarama-qarshi maqsad yo’lida foydalanishlar yaqqol namoyon bo’lmoqda. O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qadriyatlar alohida o’ringa egadir. Mustaqillik tufayli unga bo’lgan yangicha yondashuvlar Prezident I.A.Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risidagi metodologik ilmiy mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi ko’rsatmalari, tashabbuslari buning yorqin misolidir. O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga asoslanadi. Download 159.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling