Talabalar bilimini baholash
Daraja
|
Ballar
|
Reyting
|
A+
|
95-100
|
A’lo
|
A
|
90-94
|
A’lo
|
V+
|
85-89
|
Juda yaxshi
|
V
|
80-84
|
Juda yaxshi
|
S+
|
75-79
|
Yaxshi
|
S
|
70-74
|
Yaxshi
|
D+
|
65-69
|
Qoniqarli
|
D
|
60-64
|
Qoniqarli
|
F
|
59 dan past
|
Qonqarsiz
|
Ballar taqsimoti:
Sessiya oraliq nazorati - 30 ball
Joriy nazorat - 20 ball
Yakuniy nazorat - 50 ball
Jami 100 ball
Baholash mezoni:
“A+”, “A”, “B+” baho: talaba materiallarni mustaqil ravishda tez o’zlashtiradi: xatolarga yo’l qoymaydi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi.
“B”, “C+”, “C” baho: talaba materiallarni yaxshi o’zlashtirgan, uni mantiqiy ifoda eta oladi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy bo’lmagan xatolarga yo’l qoyadi.
“D+”, “D” baho: talaba asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va to’liqlik yetishmaydi; materiallarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yo’l qoyadi; kommunikatsiya jarayonida qiyinchilik sezadi.
“F” (o’tmadi) baho: talaba materiallarni o’zlashtirmagan; savollarga javob bera olmaydi; mashg’ulotlarda ishtirok etmaydi.
Baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
- mashg’ulotlardagi ishtiroki (davomat);
- mashg’ulotlardagi faollik va ijodkorlik;
- asosiy va qo’shimcha o’quv materiallarini o’zlashtirish;
- mustaqil ta’lim boyicha topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish;
- nazoratning barcha turlarinii o’z vaqtida va sifatli bajarish.
Referatni bajarish bo‘yicha uslubiy tavsilar:
Referatning xajmi 10 betdan iborat bo‘lishi kerak. Referat rejasi kirish, asosiy qism va foydalangan adabiyotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. Referatning titul varag‘i OTM nomi, fakultet, ta’lim yo‘nalishi, referat muallifi, ishni qabul qilib oluvi pedagogning F.I.Sh. hamda mavzu aks etmog‘i lozim. Betlarning elektron o‘lchamlari yuqorida ko‘rsatilgan talablar asosida bajariladi.
Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingach bir word hujjatga saqlanadi va 1 dan 5 gacha bo‘lgan tartibda topshiriqlar joylashtirib saqlanadi. Ishning titul varag‘ida OTM nomi, fakultet, ta’lim yo‘nalishi, ish muallifining F.I.Sh., ishni qabul qilib oluvi pedagogning F.I.Sh. ko‘rsatib o‘tiladi. Songi oltinchi topshiriq taqdimot himoya jarayoni video ko’rinishida yozib olinib You Tube ga joylanadi. Ssilka (xavola)si 5-topshiriqdan so’ng joylashtirib ko’rsatiladi.
ESLATMA:
Topshiriqlarni bajarish jarayonida internet yoki elektron shakldagi boshqa manbalardan foydalanish mumkin. Ammo, shundayligicha ko‘chirib olinib tahrir qilinmasdan platformaga yuklab qo‘yilgan ishlar baholanmaydi. Javoblarda aniq tarixiy fakt, sana va albatta shaxsiy fikr-mulohazalar bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Ikkita va undan ortiq bir xil ishlar aniqlansa sessiya oralig‘i vazifalari bahalamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |