1-topshiriq bo‘yicha talaba 10 ta savolga aniq va lo‘nda javob bermog‘i lozim. Har bir savolga javob yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha to‘liq


О‘zbekistonning BMT bilan xamkorligi


Download 159.62 Kb.
bet10/17
Sana19.06.2023
Hajmi159.62 Kb.
#1601866
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
tarix yozuv

О‘zbekistonning BMT bilan xamkorligi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 193 mamlakatni birlashtirgan eng yirik xalqaro muassasadir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan olti oy o‘tib – 1992-yil 2-mart kuni ushbu nufuzli tashkilotga a’zo bo‘ldi. BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida davlatimiz bayrog‘i mag‘rur hilpirab turibdi.
O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligi keng qamrovli. Prezidentimiz Islom Karimovning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligini mustahkamlash, ilm-fan va san’atni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari hayotda o‘z ifodasini topmoqda.
BMT faoliyatining eng muhim yo‘nalishi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, tinchlikka tahdidlarning oldini olishdir. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan tinchlikparvar siyosat bu ezgu intilishlarga tayanch bo‘lmoqda, kuch-quvvat bag‘ishlamoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning yadro qurolidan xoli hududga aylantirilishi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash ishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Prezident Islom Karimov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Istanbul sammitida BMT huzurida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doirasida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bu g‘oyaning amaldagi natijasi bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimiz tinchliksevar siyosatining yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur konsepsiyada O‘zbekistonning harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi, davlatlararo aloqalar va hamkorlikni faqat ikki tomonlama asosda tashkil etishi bayon qilingan.
Mamlakatimizda BMTning qator tarkibiy tuzilmalari – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Bolalar jamg‘armasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Taraqqiyot dasturi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatayotir.

  1. Prezident SH.M.Mirziyoyevning 2020 yil BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi videomurojaati va unda ilgari surilgan tashabbuslar.

BMTda Bosh Assambleyasida ilk marotaba o‘zbek tilida nutq yangradi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqini koronavirus pandemiyasi mavzusidan boshladi.
«Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi.
Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.
Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.
Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim», dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan dastlabki kunlardan boshlab barcha sa’y-harakat va resurslar bu xavfli kasallikni jilovlash va eng asosiysi – odamlar hayotini saqlab qolishga qaratilgani ta’kidlandi. Pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimlari keskin kuchaytirilayotgani, aholiga, iqtisodiyot tarmoqlari va biznesga manzilli ko‘mak ko‘rsatilayotgani, shu maqsadda maxsus jamg‘armalar tuzilgani qayd etib o‘tildi.
Prezident fursatdan foydalanib, sinovli damlarda beg‘araz yordam ko‘rsatgan barcha do‘st va hamkorlarga chuqur minnatdorlik izhor etgan.
«Biz xalqaro hamjamiyatning pandemiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha barcha harakatlarini, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Shuningdek, Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni o‘tkazish bo‘yicha taklifini ma’qullaymiz», degan davlat rahbari.
Davlatimiz rahbarining chiqishidan so‘ng, TATU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Xayrulla Umarov Universitet professor-o‘qituvchilariga ushbu nutq jahon siyosiy maydonida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi, prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi murakkab vaziyatda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon siyosiy-iqtisodiy maydonidagi tub islohotlarga to‘xtalib o‘tganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
X.Umarov Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi o‘zbek tilidagi chiqishi milliy tilimiz, milliy davlatchiligimiz muhim ahamiyatga ega ekanligini va bu orqali Ona-tilimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirganini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Download 159.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling