1-topshiriq bo‘yicha talaba 10 ta savolga aniq va lo‘nda javob bermog‘i lozim. Har bir savolga javob yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha to‘liq


Download 159.62 Kb.
bet11/17
Sana19.06.2023
Hajmi159.62 Kb.
#1601866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
tarix yozuv

2-TOPSHIRIQ: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing.
Siyosiy partiya, parlament, ratifikatsiya, byurokratiya, KPSS, O‘zbekistonda ikki palatali professional parlament, deputat, Shavkat Mirziyoevning xarakatlar strategiyasi, Vazirlar maxkamasi, O‘zbekistonnda korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi.
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari , Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
Ratifikatsiya (lot. ratus — hal qilingan, tasdiqlangan va facere — qilmoq) — 1) xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tasdiklanishi. Odatda, eng muhim xalqaro shartnomalargina R. qilinadi. Koʻpchilik davlatlarning konstitutsiyalari xalqaro shartnomalarni R. qilish huquqini davlat boshligʻi vakolatiga yoxud bevosita oliy qonun chiqaruvchi organ vakolatiga kiritadi; Oʻzbekistonda xalqaro shartnomalarni P. qilish toʻgʻrisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati birgalikda qaror qabul qiladi; 2) baʼzi mamlakatlarda konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar tasdiqlanishining maxsus tartibi. Mac, AQSH konfessi konstitutsiyani qabul qilgandan keyin unga qilinadigan tuzatishlar kamida 3/4 shtatlardagi qonun chiqaruvchi majlislar yoki maxsus konventlar tomonidan tasdiklanishi kerak. Avstraliyada konstitutsiyadagi uzgartishlar loyihasi parlamentda maʼqullangandan keyin u mamlakatda va aksariyat shtatlarda saylovchilarning koʻpchilik ovozi bilan referendumda tasdiklanishi talab qilinadi.
Byurokratiya (frans. bureau byuro, idora; yun. kratos — kuch, hokimiyat, xukmronlik) — dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo boʻlgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ifodalagan. Boshqaruv va maʼmuriyatning zarur qismi sifatida B. alohida ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. B.ga xos xususiyatlar: kuyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichmabosqich boʻysunishi, qattiq ish tartiboti, maxsus maʼlumotni taqozo etuvchi rasmiylashgan vazifalarni amalga oshirishda mehnat va masʼuliyat taqsimoti. Tashkilot koʻpchilik aʼzolarining mustaqil ravishda imtiyozli qatlamga aylanishga intilishi oqibatida rasmiyatchilik, oʻzboshimchalik, avtoritarizm va sharoitga moslashish kuchaya boradi, tashkilotning tartibqoida hamda maqsadvazifalariga boʻysundirilishi asosan B.ni mustahkamlash va saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu hol ayniqsa avtoritar tizimlarda yaqqol namoyon boʻladi. Mansabdor shaxs tomonidan oʻz vazifasiga vijdonsizlik va sovuqqonlik bilan karat, fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibini buzish, ularga toʻralarcha munosabatda boʻlish hollari davlat va jamiyat manfaatlariga, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Demokratik jamiyat B.ning mazkur salbiy xususiyatlarini bartaraf etish va cheklashga qaratilgan nazorat hamda boshqaruv shakllarini ishlab chiqishga harakat qiladi.

Download 159.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling