1-topshiriq bo‘yicha talaba 10 ta savolga aniq va lo‘nda javob bermog‘i lozim. Har bir savolga javob yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha to‘liq


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi


Download 159.62 Kb.
bet13/17
Sana19.06.2023
Hajmi159.62 Kb.
#1601866
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
tarix yozuv

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may; yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.
Ikki palatali tizim - davlat xuquqida vakolatli organ tarkibida, odatda, alohida-alohida ishlaydigan 2 palata (quyi va yuqori palata)ning mavjudligi. Palatalar turlicha yoʻl bilan tuziladi va turlicha vakolatga ega boʻladi. Tarixan quyi palata bir muncha demokratik hisoblangan, shuning uchun aristokratiya manfaatlarini ifoda etuvchi yuqori palata unga qarshi qoʻyilgan va bu palata quyi palataga nisbatan tizginlovchi vazifasini oʻtashi kerak boʻlgan. I.p.t. hozirgi vaqtda federativ davlatlart ham, unitar davlatparsa ham mavjud. Parlamentning quyi palatasi hamma vaqt be-vosita aholi tomonidan saylanadi. Yuqori palata turli yoʻl bilan — bil-vosita saylovlar (Fransiya, Avstriya, GFR) yoki toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar (AQSH, Italiya, Avstraliya, Yaponiya) yoʻli bilan shakllantiriladi. Ayrim mamlakatlarda yuqori palata nasldan naslga oʻtish belgisi boʻyicha tuziladi (Buyuk Britaniya), yoki uning aʼzolarini davlat boshligʻi tayinlaydi (Kanada). Bir qancha hollarda yuqori palatalar aralash yoʻl bilan shakllantiriladi: aʼzolarning bir qismi saylanadi, bir qismi tayinlanadi, qolganlar nasldannaslga oʻtish qoidasiga koʻra oʻz oʻrnini egallaydi (Nepal). Yuqori palatalarning deputatligiga nomzodlar uchun, odatda, ancha qattiq talablar qoʻyiladi (birmuncha yuqori yosh senzi va b.). Hoz. parlamentlarning koʻpchiligida yuqori palatalarning huquqlari quyi palatalarnikiga nisbatan cheklangan (mas, koʻp mamlakatlarda moliyaviy qonun loyihalarini faqat quyi palatalar kiritishi mumkin, yuqori palatalar esa ularning qabul qilinishiga biron-bir taʼsir koʻrsa-ta olmaydi).


3-TOPSHIRIQ: Mavzuga doir (a,b,c,d) variantlaridan iborat 5 ta test tuzing. Testlarning ikkitasi murakkab, uchtasi sodda bo‘lishi kerak. Test savollarini yillar bo‘yicha tuzmang. Misol uchun Qachon, yoki nechanchi yilda... kabi savollar bilan boshlanmasin. Mavzu: Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda milliy qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.


Download 159.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling