1-KREDIT UCHUN TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq. “Davlat va din munosabatlarini tartibga solish modellari” ning o‘ziga xos jihatlarini jadval asosida to‘ldiring. (Jadval to‘liq va aniq to‘ldirilishi kerak)
Davlat cherkov –Identifikatsion
|
Separatsion
|
Kooperatsion-neytralitet
|
Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya, Gretsiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Yevropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida) kuzatishimiz mumkin.
|
Davlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turi AQSh, Fransiya, Niderlandiya mamlakatlarida keng tarqalgan.
|
Kooperatsion-neytralitit model- Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan
|
Hozirgi kunda Anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi – Angliya cherkovi) davlat maqomiga egadir. Parlament monarxiyasi yagona konstitutsiyaviy hujjatga ega bo‘lmasa-da, mamlakatda diniy tashkilotning o‘rni-mavqei bir qator parlament qonunlari hamda davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi kelishuv-bitimlari bilan belgilanadi. Shunday hujjatlardan muhimi – 1534 yili qabul qilingan «Suprematiya (ustuvorlik) to‘g‘risidagi akt»dir. Unga binoan qirol anglikan cherkov rahbari bo‘lib hisoblanadi (1952 yildang buyon – qirolicha Yelizaveta II).
|
Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida diniy tashkilotning davlatdan ajratilganligi (separatsion model) mustahkamlangan bo‘lib, bunda davlat dinni o‘z fuqarolarining shaxsiy ishi sifatida ko‘radi va buni «erkin jamiyatda erkin e’tiqod» degan ibora bilan izohlasa bo‘ladi.
Tarixining boshlanishidan ko‘p konfessiyali davlat bo‘lmish AQShda, bir-birining ishlariga ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, barcha konfessiyalarga nisbatan davlatning aralashmasligi nazarda tutilgan diniy tashkilotning davlatdan qat’iy ajratilishi prinsipi keng yoyilgan
.
|
Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeli GFRda yaqqol namoyon bo‘lgan. Davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlar davlat hokimiyatining ustuvorligi e’tirof etilgan, davlat-cherkov huquqiga o‘sib chiqdi. XIX asrda Diniy tashkilot tomonidan o‘zini-o‘zi belgilashga bo‘lgan huquqining tan olinishi davlat bilan din o‘rtasida o‘zaro faoliyat doirasining yanada aniq belgilab olinishini belgilab berdi.
|
2-topshiriq. Dinning jamiyatdagi funksiyalarini jadval asosida to‘ldiring.
Funksiyalari
|
Izohlang
|
Kompensatorlik
|
Kompensatorlik funksiyasi odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning ob'ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi, diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma'naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.
|
Integratorlik
|
Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan esa ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi ijtimoiylikni va barqarorlikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi.
|
Madaniyatni targ‘ib qilish
|
Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma'lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozirda ba'zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
|
Regulyativ funksiya
|
Regulyativ funksiya ma'lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an'analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me'yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va'da berish) muhim ahamiyatga ega.
|
3-topshiriq. Dinning primitiv shakllarini jadval asosida izohlang
Fetishizm
|
Fetishizm. Din tarixida fetishizm (fransuzcha fetiche – tumor, but, ko‘zmunchoq) jiddiy o‘rin tutadi. Fetishizmda insonning g‘ayritabiiy imkoniyatlariga ishonishdan iborat bo‘lgan afsungarlikdan farqli o‘laroq biron moddiy buyumga g‘ayritabiiy xossalar berilib, u ilohiylashtiriladi. Fetishlar shaklan ham turli-tuman. Toshlar, daraxt bo‘laklari, hayvon tanasining biror qismi, but-sanamlar fetish vazifasini o‘tashi mumkin edi.
U yoki bu buyumdan foydalanilgan har qanday diniy amalda boshqa irim-sirimlar bilan birga fetishizm elementlari ham mavjud.
|
Animizm
|
Animizm (lotincha anima - ruh) – ibtidoiy e’tiqodning nisbatan yuksakroq shakli, ya’ni ruhlar va ruhiyatga yoki umuman tabiatning ruhiyati mavjudligiga bo‘lgan ishonch. Ibtidoiy odam tasavvuriga ko‘ra uning atrofidagi dunyoda har narsaning (hayvonlar, o‘simliklar, tabiat hodisalari va h.k) joni, ya’ni ruhi mavjud. Turlicha odamsimon fantastik ko‘rinishga ega bo‘lgan yer, olov, o‘rmon, suv, tog‘ va uy “ruh”larining kelib chiqishi ham shundan.
|
Totemizm
|
Ajivbe qabilasi tilida ”ot-otem” – ya’ni “uning urug’I” degan ma’noni bildiradi. 1938 yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘laridagi Teshiktosh g‘oridan arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan topilgan neandartal bola qabri hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadim yodgorliklardan biridir. Bolani ko‘mishdan avval uning atrofi tog‘ echkisi – arxarning shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.
|
Shamanizm
|
Shamonlik. Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlaridan biri sifatida shomonlikni qayd etish mumkin. Shomonlik e’tiqod va an’analari inson ongida g‘ayritabiiylik to‘g‘risidagi tasavvurlar to‘liq shakllangan vaqtda paydo bo‘lgan. Ushbu e’tiqod oddiy insonning dahshatli va tushunarsiz, g‘ayritabiiy va sirli holatlarini tushunishi va aql kuchidan ustun turishi bilan bog‘liqdir. Shomonlik bu omillar orqali jamoalar hayotining tashqi va ichki ziddiyatlarini qamrab oladi. Shomonlikning turli vazifalariga (ruhlarni haydash, falokatlarning oldini olish, yomg‘ir chaqirish, afsun qilish va h.k.) kelsak, ular ushbu e’tiqodning asosiy mohiyatiga qo‘shimchadir.
|
Tangrichilik
|
Tangrichilik. Tangrichilik osmon xudosi «Tangri»ga e’tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‘lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillikda vujudga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda – «Dingir», qadim xitoyliklarda - «Tyan» va xunnlarda - «Chenli» nomi bilan mavjud bo‘lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb e’tirof etadi. Olimlar mazkur qiyosga tayangan holda tangrichilik eng qadimgi dinlardan biri ekanini ta’kidlaydilar.
Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab oltoy xalqlarining turkiy xalqlar guruhi G’arbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnlar, sak, massaget, yueyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi – Tangriga sajda qilganlar. Diniy qarashlar sodda va tushunarli bo‘lgani, diniy marosimlarning qat’iy bajarilgani ularning ming yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelishini ta’minlagan. Ba’zi olimlar tangrichilikda «Olqish» («Qo‘shiqlar to‘plami») yozma manbasi bo‘lgani va unda tangrichilik aqidasi, marosimlari va ibodat qilish tartiblari bayon etilganini ta’kidlaydilar.
|
Zardushtiylik
|
Zardushtiylik. Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra «boqiy yulduz» va «chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan») ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –«Donishmandlik sohibi») tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Gushtasb Luxrasb ismli kayoniylar podshohi davrida boshlagan. Bunga u zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp tomonidan qabul qilingan «fasli» kalendaridan foydalanib kelayotganlarini dalil qilib ko‘rsatadi.
Zardushtiylikning muqaddas manbasi «Avesto» («Apastak», «Ovisto», «Ovusto», «Abisto», «Avasto» - «joriy qilingan qat’iy qoidalar») sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan. Uning «Gat»lar nomli qismi Zardusht qalamiga mansub deb hisoblanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Xorazm, Gava (So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi (Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi nomlarning tilga olingani «Avesto» O‘rta Osiyoda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelganini tasdiqlaydi. Dastlab «Avesto» matnlari og‘zaki ravishda saqlanib kelgan. Uning eng qadimiy qismlari II ming yillik oxiri I ming yillik boshlariga oid bo‘lib, keyingi asrlarda uning tarkibi turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar bilan to‘ldirilib borilgan. Milodiy uchinchi asrda qonunlardan iborat Avestoning sharhi «Zend» (parfiyoncha, «sharhlangan matn») yozilgan. Zamonaviy zardushtiylarning fikriga ko‘ra, «Avesto»ning to‘liq qismi yetib kelmagan bo‘lsa-da, uning dastlabki yozma nusxasi 12 ming qora mol terisiga bitilgan edi. Abu Rayhon Beruniy «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar (Aleksandr Makedonlik) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi», deb aytgan so‘zlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
|
4-topshiriq. Berilgan savollarga jadval asosida javob bering
t/r
|
Savollar
|
Yaxudiylik
|
Buddizm
|
Xristianlik
|
1
|
Vujudga kelishi
|
Iudaizm, iudaizm — asosan, yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. . Arabiston yarim orolningshimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari mil. av. 13-asrda Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-asrda Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan.
|
Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan.
|
jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2 mlrd. kishi eʼtiqod qiladi
1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk X. dastlab iudsshzmdt ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan
|
2
|
Ta'limoti
|
Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta’limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘yoki yahudiylar Yahvening er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog‘ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. SHuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi.
|
Buddizm taʼlimotiga koʻra, inson doimo azobuqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azobuqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 1) azobuqubat mavjud; 2) azobuqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azobuqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir.
|
X. taʼlimotiga kura, Xudo yagona, lekin u mutsaddas uchlik (troitsa)da namoyon buladi. [[Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga kdytib keladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar.
|
3
|
Payg‘ambari
|
Muso alayhissalom
|
Gautama
|
Iso masih
|
4
|
Muqaddas manbalari
|
I.ning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bun-day koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.
|
Milodiy I asrning boshlarida bud
daviylikning muqaddas kitobi «Tripitaka» (sanskrit tili
da — uchta savat degan ma'noni anglatadi) yozib tugallangan.
Tripitaka uch qismga (pitakka) bo‘linadi .
- «Sutta pitaka» (sutralar savati) hajmi bo‘yicha eng
katta qism bo‘lib, diniy ta'limot masalalariga bag‘ishlan-
gan.
|
Bibliya (Injil)
|
5
|
Tarqalishi
|
Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil. av. 536 — mil. 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davr I.i (modernistik I.). Eng qadimiy I., dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil. av. 11 — 10-asrlar)ning , keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki tarzda mil. av. 11—6-asr oʻrtasida shakllangan. Mil. av. 5-asrda yozib olingan. Bundan keyin I.ning klassik davri boshlanadi. Mil. av. 586 y. yangi Bo-bil podshosi Navuxodonosor 11 Yaxudi-yani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50 y. davom etgan "Bobil asirligi" va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. "Kdsimgi axd" matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Mil. 70-y. Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi — 4-asrda, Bobil Talmudi — 5-asrda eʼlon qilindi.
|
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzok. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapokabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 kismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
|
Mil.ning boshlaridayoq X. Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, X.ka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. X.ning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847 yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarkand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi.
|
6
|
Oqimlari
|
I.da qadim zamonlardan boshlab, xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Mil. av. 2-asrdan milodning 2-asrigacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal I. bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal I.ga muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin I.dan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan
|
hinayana oqimi (sanskrit tilida hinayana — kichik arava
degan ma'noni anglatadi) xalos bo’lishning tor yo‘li bo‘lib,
mazkur yo‘lni tanlagan dindorlarning dunyoviy hayotdan voz
kechishlari va rohiblikni kabul qilishlari talab kilinadi.
mahayana (sanskrit-tilida mahayana- — katta arava,
buyuk yo‘l degan ma'nolarni anglatadi) xalos bo‘lish ning
keng yo‘lidir
|
Eng koʻp sonli Rim Katoliklaridir, keyin Provoslavlar, xozirga kelib yana boshqa oqim Pentecostallar ham ommaviylashayapti
|
7
|
Diniy marosim va bayramlari
|
Rosh , Ashona, Yom , Kipur , Pesax, Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Xanuha
|
Buddaviylarning asosiy bayramlari yangi yil kirgan,ilohiy haqiqat ayon bo’lgan, Budda tug’ilgan va vafot etgan kunlar.
|
Pasxa bayrami, Valentin bayrami,yangi yil bayrami
|
Do'stlaringiz bilan baham: |