3-topshiriq. Dinning jamiyatdagi funksiyalarini jadval asosida to‘ldiring. (Dinning barcha vazifalari to‘liq yoritib berilishi lozim)
Funksiyalar
|
Izohlang
|
Dunyoqarashni shakllantirish
|
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Diniy dunyokarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi.
|
Kompensatorlik,
|
Kompensatorlik funksiyasi ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning ob’ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi.
|
Kommunikativlik
|
Kommunikativlik funksiyasi muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
|
Regulyativlik,
|
Regulyativlik funksiyasi ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l- yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat.
|
Integrallash - dezintegrallash,
|
Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tikod mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofik bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.
|
Madaniyatni targ‘ib qilish
|
Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy- ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
|
Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash.
|
Legitimlashtirish-delegitimlashtirish funksiyasi ba’zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |