Svoplar boʻyicha bazis aktivlar.
Svop (almashtirish) - moliyaviy bozorning ikki sub'ekti o'rtasida ular bilan bog'liq risk va xarajatlarni kamaytirish maqsadida majburiyatlarni yoki aktivlarni ayirboshlash bo'yicha kelishuv. Eng keng tarqalgan svop turlari foiz stavkasi va valyuta almashinuvidir. Svoplar ikki mijozning (korxonaning) har birining xarajatlarini kamaytirish maqsadida olingan kreditlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha sa'y-harakatlarini birlashtirish imkoniyatini beradi.
Aktivlar svopi doirasida bir aktiv boʻyicha qatʼiy foizlar, boshqa aktiv boʻyicha oʻzgaruvchan foizlarga almashtiriladi. Svop shartnomasi doirasida bir tomon oʻzining majburiyatlaridan voz kechmoqchi boʻlsa, u oʻzining majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi mumkin boʻlgan kompaniyani izlab topishi lozim boʻladi. Svop tuzilgandan soʻng boshlangʻich bosqichda bunday holatni yuz berishi kontragentlarga hech qanday taʼsir etmasligi mumkin, lekin majburiyatlar amalda boʻlgan shartnoma doirasida boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan boʻlsa, u holda bunday svop maʼlum bir qiymatga ega boʻlgan boʻlib, uni baholash juda zarur hisoblanadi. Bundan tashqari hisob kitob qilish maqsadida har bir aniq vaqtdagi svopning qiymatini bilish zaruriyati paydo boʻlishi ham mumkin.
Valyutalar boʻyicha svop shartnomalarining qoʻllanilishi.
Valyuta svopi. Bu shartnoma turiga koʻra shartnoma muddati tugagunga qadar kelishilgan muddatlarda bir tomon toʻlovlarni bir valyutada, ikkinchi tomon toʻlovlarni boshqa valyutada amalga oshiradi. Tomonlar qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan stavkalarda toʻlovlarni har ikkala valyutada ham amalga oshirishlari mumkin. Valyuta svopini amalga oshirishning bir necha sabablari boʻlishi mumkin, masalan, valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar, valyuta risklarini bartaraf etish istagi yoki boshqa davlat valyutasida obligatsiyalar chiqarishga intiluvchi emitent oʻzga davlatda u qadar nomi chiqmagan va buning natijasida bozorga toʻgʻridan toʻgʻri kira olmasa va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |