1-topshiriq quydagi savollarga javob bering. Quyidagi nazorat savollari boʻyicha qisqacha izoh yozing


Fyuchers shartnomalari boʻyicha bazis aktivlar


Download 14.5 Kb.
bet3/6
Sana17.10.2023
Hajmi14.5 Kb.
#1705475
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-topshiriq quydagi savollarga javob bering. Quyidagi nazorat sa-hozir.org

Fyuchers shartnomalari boʻyicha bazis aktivlar.

Fyuchers shartnomalari bu ikki tomon oʻrtasida bazis aktivni kelajakda yetkazib berish boʻyicha birjada tuzilgan bitimdir. Ushbu shartnomalarning sharti birja tomonidan belgilanadi va ular har bir bazis aktiv uchun standart hisoblanadi. Forvard shartnomasi kabi fyuchers shartnomasi ham amalga oshirilishi shart hisoblanadi. Shu bilan birgalikda fyuchers shartnomalarini forvard shartnomasidan bir qator muayyan farqli tomonlari ham mavjud:


 fyuchers shartnomasi standartlashtirilgan hisoblanadi (shartnomalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bitim boʻyicha barcha shartlar (yetkazib berish narxidan tashqari) birja tomonidan belgilanadi);
 fyuchers shartnomasini amalga oshirilishi birja tomonidan kafolatlanadi;
 fyuchers bozorining ishtirokchisi shartnoma muddati tugagunicha istalgan vaqtda oʻzining pozitsiyasini qarama – qarshi yoʻnalishdagi shartnoma (ofset) bilan yopishi mumkin (jumladan, fyuchers bozorida qisqa pozitsiyani yopish uchun huddi mana shuncha shartnomalar miqdorida uzun pozitsiyasini ochish lozim, bunday holatda savdo ishtirokchisining pozitsiyasi bekor qilinadi);
 fyuchers bozorida moliyaviy kafolat tizimi amal qiladi, bunda har bir fyuchers shartnomasi boʻyicha maʼlum bir pozitsiyani ochish uchun birja eng kam miqdorda garov taʼminotini belgilaydi hamda uni saqlaydi. Garov badali boshlangʻich yoki depozit marjasi deb atalib, u asosan shartnoma summasidan 2 – 10% ni tashkil etadi. Fyuchers shartnomalarining asosini nafaqat tovalar, balki moliyaviy instrumentlar ham tashkil etishi mumkin. Bazis aktivlarini moliyaviy instrumentlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari, valyutalar, bank depozitlari tashkil etuvchi shartnomalar moliyaviy fyuchers shartnomalari deyiladi.
Moliyaviy fyuchers shartnomasi foiz stavkalariga asoslangan forvard shartnomasiga oʻxshaydi, modomiki u moliyaviy instrumentlarni bir tomondan ikkinchi tomonga, kelajakda belgilangan muddatda yetkazib berilishidan darak beradi. Lekin u forvard shartnomasidan maʼlum bir tomonlari bilan farqlanadi, jumladan fyuchers shartnomalari forvard bozoridagi defolt holatlari va likvidlilik bilan bogʻliq muammolarni yengib oʻtadi.18Hozirgi kunda zamonaviy fyuchers bozorlari asosan moliyaviy fyuchers shartnomalari hisobiga rivojlanib kelmoqda.




  1. Download 14.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling