1-topshiriq. Quyida berilgan tayanch tushunchalarni izohlang


Download 37.44 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi37.44 Kb.
#1185311
Bog'liq
5-amaliy


5-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Turkiy tillarning umumiy grammatik xususiyatlari. Turkiy tillarda predikativlik. Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari.
1-topshiriq. Quyida berilgan tayanch tushunchalarni izohlang: morfologiya, grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik ko‘rsatkich, grammatik tarkib, morfema, affiksal morfema, sodda morfologik birliklar, murakkab morfologik birliklar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar.
2-topshiriq. Berilgan savollarga javob yozing:
1. Turkiy tillarning umumiy grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
2. Dunyo tillari morfologik jihatdan qanday turlarga ajratiladi?
3. Turkiy tillar morfologik jihatdan qanday tillar guruhiga kiradi?
4. Morfologik birliklarning turlarini ayting.
5. Turkiy-mo‘g‘ul-tungus-manchjur tillaridagi aloqadorlik morfologiyaning qaysi bo‘limlarida kuzatiladi?
6. Turkiy-mo‘g‘ul tillari uchun umumiy bo‘lgan morfologik ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot bering.
7. Turkiy-mo‘g‘ul tillarida qanday fe’lli so‘z qo‘shilmalari uchraydi?
8. Tillarning chatishuvi va o‘zaro aloqasida qanday nuqtayi nazar farqlanadi?
9. Turkiy tillar qaysi jihatlari bilan qarindosh tillar hisoblanadi?
10. Turkiy tillarda qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday xarakterga ega?
11. Agglyutinativ tillarga mansub turkiy tillarning morfologik xususiyati qanday namoyon bo‘ladi?
12. Turkiy tillarda asos (yetakchi morfema) fonetik jihatdan qanday tuzilishga ega?
13. Turkiy tillarning asosiy tipologik xususiyati nima?
14. Agglyutinatsiya orqali qanday xususiyatlar belgilanadi?
15. Turkiy tillarning aksariyatida qanday qo‘shimchalar qo‘llaniladi? Visollar keltiring.
16. Sodda morfologik birliklarni misollar asosida tushuntiring.
17. Murakkab morfologik birliklar haqida fikringizni bayon eting.


3-topshiriq. Misollarni davom ettiring.
1. So‘z yasovchi morfemalar: -chi, …
2. Shakl yasovchi morfemalar: - lor//-ler, …
3. So‘z o‘zgartiruvchi morfemalar:-miz //-biz


4-topshiriq. Turkiy va mo‘g‘ul tillari o‘rtasidagi moslikni qirg‘iz, tuva, yoqut tillariga oid quyidagi faktik misollar orqali ko‘rish mumkin.(H.Dadaboyev, Z.Xolmanova. 52-bet)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Abdurasulov Yo. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. -T.:, 2009.
2. Dadaboyev H., Xolmonova Z. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. -T.:, 2015.
3. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. -T.:, 2004.
4. Xolmonova Z. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi.-T.:, 2020.
5. Sherbak A.M. Sravnitelnaya fonetika tyukskix yazïkov. L.,1976.
6. Serebrennikov B.A., Gadjiyeva N.Z. Sravnitelno-istoricheskaya grammatika tyurkskix yazïkov. M., “Nauka”, 1986.
7. Nurmaxonova A. Türki tilderiniñ salїst їrmalї grammatikasї.“Mektep” baspasї, Almatï, 1971.
8. Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi. Toshkent, 2004.



Download 37.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling