1-topshiriq. Sharti: iqtisodiyotga oid 20 ta iqtisodiy terminning ma’nosini izohlang


Download 28.91 Kb.
bet1/4
Sana25.04.2023
Hajmi28.91 Kb.
#1396146
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'ZBEK TILINI SOHADA QO\'LLANISHI


1-TOPSHIRIQ.

SHARTI: IQTISODIYOTGA OID 20 TA iqtisodiy TERMINNING MA’NOSINI IZOHLANG.
1.BANK – yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo'sh pul mablag'larini bir joyga to'plovchi va uzluksiz aylanib turushini ta'minlovchi, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda beruvchi, tomonlar o'rtasida to'lov va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin va chet el valyutasi bilan bog'liq operasiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi.Bank pul qo'yuvchilarga ma'lum foiz to'lab, qarz olganlardan yuqoriroq foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar o'rtasidagi farq bank foydasi hisoblanadi
2. BIZNES - (inglizcha business-ish, faoliyat, mashg'ulot ) boylik,
foyda orttirishga yo'naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo'jalik yuritish ko'lamiga qarab yirik, o'rta va mayda turlarga bo'linadi. Xodimlarning o'rtacha soni va mahsulot hajmiga qarab ajratiladi.
3. BIRJA - (goll.beurs, nem. Borse-hamyon) - mahsulot, valyuta va 

qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma'lumot xizmatlarini bajaradi. 
4. JAHON BOZORI - xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanuvchi 
iqtisodiy hamkorlikni xilma-xil shakllari bilan o'zaro bog'langan 
mamlakatlar o'rtasidagi muntazam oldi- sotdi munosabatlari.
5. MAKLER - vositachi, dallol. Birjalarda oldi-sotdi kelishuvlar vositachisi. 
6. BOZOR - 1) talab va taklif uchrashadigan joy, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi aniqlanadi, mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi; 2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari
bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar guruhi; 4) mazkur tovarning barcha xaridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi va hakazo.
7. BOZOR BAHOLARI - talab va taklif asosida yuzaga kelgan narxlar.
8.BUXGALTER - buxgalteriya qonun qoidalariga rioya qilgan holda savdo va hisobga olish daftarlarini yurituvchi shaxs.
9. DAROMAD SOLIG'I - yalpi daromadga solinadi, unda moddiy sarf-xarajatlar va soliq imtiyozlari chegirib qolinadi. Daromad solig'i, asosan, ish haqi berilishi va daromadning boshqa turlarida, shuningdek, maxsus moliya tashkilotlariga manbalarini ko'rsatgan holda barcha ishlab topilgan summani o'z ichiga olgan daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyani taqdim etish chog'ida chegirib qolish yo'li bilan undiriladi.
10. DAVLAT QARZI - davlatning aholi, bank, korxona, tashkilot va chet mamlakatlardan olgan qarzi. Ma’lum davrida budjet kamomadlari yig'indisi. U ikki guruhga bo'linadi: a) davlatning tashqi qarzi (xorijiy davlatlarga, tashkilot va alohida shaxslarga); b) ichki qarzi (davlatning o'z

Download 28.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling