1-topshiriq. Sharti: iqtisodiyotga oid 20 ta iqtisodiy terminning ma’nosini izohlang


Download 28.91 Kb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi28.91 Kb.
#1396146
1   2   3   4
Bog'liq
O\'ZBEK TILINI SOHADA QO\'LLANISHI

xalqidan qarzi).
11. DEPOZIT - 1. Banklarga saqlash uchun topshirilgan pul mablag'lari yoki qimmatli qog'ozlar. 2. Qarzdor kreditorga berib yuborish uchun sud muassasasiga ajratadigan pul summasi yoki qimmatli qog'oz.
12. FOIZ STAVKASI - kredit yoki qarz kapitali evaziga to'lovning foiz ko'rsatkichi. Odatda, qarzga olingan pul belgisining bir-birligiga to'g'ri keladigan yillik to'lovni aks ettiradi .
13. FOND - korxonalar o'zaro harakatining yangi shakli, xo'jalik uyushmasining o'ziga xos turi. Moliya instituti sifatida vujudga kelib, fondlar u yoki buxo'jalikloyihalarini moliyalashtirish bilan chegaralanib qolmaydi va uning tashkilotchisi sifatida maydonga chiqadi. Fondlar tasis
etuvchilarning mo'ljallangan dasturlarini tashkil etish va boshqarish maqsadini ko'zlaydi.
14. IMTIYOZ - ma’lum bir afzalliklarga ega bo'lish yoki ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman yoki to'liq ozod bo'lish. Zarar kо‘rib ishlaydigan korxonalardan imtiyozli soliqlar olinadi.
15. INDEKS - 1.Biror iqtisodiy hodisaning izchil o'zgarib borishini ko'rsatadigan raqamlar ko'rsatkichi. 2. Narx, nom va shunda ko'rsatkichlar ro'yxati 3. Harf yoki raqamlarning o'ng tomoniga qo'yiladigan harf yoki son ko'rsatkichi .
16. INDEKSLAR - jahon fond bozori konyunkturasini tavsiflovchi fond indekslari.
17. INFLYATSIYA - (lot. ko'chish, ko'tarilish) - mamlakatda muomalada yurgan qog'oz pul miqdorining xo'jalik muomalasi ehtiyojlaridan ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Biror omil tufayli kelib chiqqan
inflyatsiya. 2. Kredit inflyatsiyasi - kredit ajratishning haddan ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi. 3. Sudraluvchan inflyatsiya sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya - tez sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya - narx-navoni ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy inflyatsiya - mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo'lgan yangi ijtimoiy talablarning paydo bo'lishi oqibatidagi chiqimlarning o'sishi ta’sirida narx-navoning o'sishini yuzaga keltiradi. Bunday holat xo'jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo'shimcha pul chop etish natijasida yuzaga keladi.

Download 28.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling