1-Topshiriq Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari? Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari? Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda? Tarbiyada oilaviy


Download 17.51 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi17.51 Kb.
#156396
Bog'liq
Psixologiya Topshiriq 1


1-Topshiriq


  1. Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?

  2. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?

  3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

  4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar?

  5. Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?

1-topshiriq

  1. Shaxsning yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomic, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari.

Shaxs rivojlanishining muhim xususiyatlari:

  1. Shaxsning rivojlanishi individning fiziologik, ruhiy va intellectual о‘sishini ta’minlovchi faoliyat, xatti-harakatlarning miqdor va sifat jihatdan о‘zgarishini ifodalovchi jarayon.

  2. Shaxsning rivojlanganlik darajasini belgilovchi holatlar: uning fiziologik, ruhiy va intellektual о‘sishini ta’minlovchi faoliyat va xatti-harakatlarining miqdor va sifat jihatdan о‘zgarishi.

2.Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?

Tarbiya jarayoni tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat o’qish, mehnat, o’yin, sport, badiiy havaskorlik yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin.

Tarbiya metodlari o’qituvchi va jamoa tomonidan g’oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarni, ma’naviy his-tuyg’u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo’llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish usullari demakdir. Tarbiya metodlari o’quvchining o’z shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratilgan o’zaro bog’langan, birgalikdagi faoliyati usuli sifatida qarab chiqiladi.


  1. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

1. Pedagogik kuzatish metodi.

2. Suhbat metodi.

3. Anketa metodi.

4. Intervyu metodi.

5. Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

6. Test metodi.

7. Pedagogik tahlil metodi.

8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.

9. Pedagogik tajriba metodi.

10. Matematik-statistik metod.
4.Tarbiyada oilaviy munosabatlar?

Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shartsharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shartsharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar o‘z xarakteriga ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

Maktabda ham anna shu xususiyat saqlanishi va rivojlantirilishi kerak. Ota-ona obro‘si milliy tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali ular farzndlarining ongiga, xulq-atforiga ma’naviy ta’sir qiladilar. Ota-ona obro‘si o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ne’mat emas. U ota-onaning bola tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullanayotganligi yoki shug‘ullanmayotganliklari bilan belgilanadi.

5.Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?

Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.

Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o„zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.

Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta‟sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o„zini shaxs sifatida ko„rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.

Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Download 17.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling