1. Tuproq strukturasi, turlari buzilishi va tiklanishi. Tuproqning fizik xossalari


Download 301.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi301.46 Kb.
#1634801
  1   2   3


Tuproq strukturasi. Tuproqning fizik, fizik – 
mexanikaviy xossalari. Tuproqning suv xosslari 
Reja: 
1. Tuproq strukturasi, turlari buzilishi va tiklanishi. 
2. Tuproqning fizik xossalari. 
3. Tuproqning fizik-mexanik xossalari. 
4. Tuproqning suv xossalari 


Tuproq strukturasi deb, mazkur tip va uning qatlamiga xos har xil kattalikka, 
shakliga, suvga chidamlikka ega bo’lgan agregatlar yig’indisiga aytiladi. 
Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga 
birikmagan alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa 
strukturasiz yoki kam strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga yerga ishlov 
berish holatlariga tuproqning suv havo rejimlari va umuman unumdorligi hamda 
o’simliklarning 
rivojlanishiga 
ta’siri 
kabi 
masalalarga 
rus 
olimlari 
V.V.Dokuchayev, P.A.Кostichev, N.A.Кachinskiy va boshqalarning asarlarida 
alohida ahamiyat berilgan. 
Tuproqda 3 xil: kubsimon, prizmasimon, plitasimon struktura farq qilinib, 
ular bir necha turdan iborat bo’ladi. 
Har xil tuproq tipi uchun ma’lum bir turdagi struktura xarakterlidir. Masalan, 
bo’z tuproqlar uchun-kesakchali-changsimon, sho’rtoblar uchun ustinsimon, qora 
tuproqlar uchun-donador kesakchali, podzol tuproqlar uchun-bargsimon shakli 
harakterlidir. 
Agronomik nuqtai nazardan tuproq strukturasi katta-kichikligiga ko’ra 
qo’yidagi guruhlarga; 
1)>10 mm, kesakchali struktura; 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 
0,25-0,01 mm gacha dag’al marokstruktura; 4) 0,01 mm dan kichik-nozik 
mikrostrukturaga bo’linadi. 
Makrostruktura bilan bir qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 
mm gacha o’lchamli mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturali 
agregatlar Markaziy Osiyoning bo’z tuproqlari sharoitida ekinlardan .qori hosil 
olishni ta’minlaydi. 
Agronomik nuqtai nazardan qimmatli strukturalarning yuzaga kelishi 
tuproqning alohida agregatlarga ajralishi hamda suvga chidamli agregailarning 
hosil bo’lishi kabi jarayonlar bilan bog’liq. Tuproqning to’la agregatlarga ajralib 
ketishi o’simliklar ildiz sistemasining rivojlanishi tufaylidir. Shuningdek tuproqda 
yashaydigan jonivorlarning faoliyati hamda tuproqning davriy ravishda muzlab, 
namlanib turishi, yerning qurishi hamda uni ishlash natijasida ro’y beradi. 


O’simliklar qoldig’idan hosil bo’ladigan gumus tuproq strukturasining suvga 
chidamligini oshiradi. Bu jarayon o’simliklar ildizi ko’p tarqalgan tuproqning 
yuqori qatlamlarida yaxshi boradi. Tuproqdagi suvga chidamli agregatlarning hosil 
bo’lishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham alohida ahamiyatga ega. Bu 
strukturalar syerg’ovak, mustahkam bo’lishi bilan birga, o’simliklar uchun zarur 
oziq moddalar ham ko’p saqlaydi. 
Tuproqdagi agronomik jihatdan qimmatli strukturalarining buzilish sabablari 
xilma-xil bo’lib, ularni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin: 
Strukturaning mexanik ravishda buzilishi. Tuproqning yuza qismlariga 
tushadigan atmosfyera yog’inlari ta’sirida va shuningdek etilmagan nam tuproq 
yoki juda quruq holatdagi tuproqlarni ko’plab marotaba haydash hamda bunda 
og’ir mashinalar, ish qurollaridan foydalanish natijasida struktura buziladi. Bundan 
tashqari odamlar va mollarning dalaga kirishi strukturani ezg’ilaydi. 
Strukturaning fizik-kimyoviy buzilish sabablari. Ana shunday buzilishiga, 
singdirilgan kationlar ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Asosan singdirish kompleksidagi 
ikki, uch valentli (Ca
2
Q Mg
2
Q) kationlarning bir valentli (Na
Q
, N

va NH
4
Q

kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bo’ladi. Bir valentli natriy, ammoniy va 
vodorod struktura hosil qiluvchi kolloidlarni nam sharoitda penpezasiyalab
struktura agregatlarini buzadi. Shuning uchun ham kimyoviy melioratsiyalash 
strukturaning saqlanib qolinishida muhim rol uynaydi. 
Strukturaning biologik yo’l bilan buzilish sababi, asosan ayerob sharoitdagi 
mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq. Mikroorganizmlar struktura 
hosil qilishda muhim rol o’ynovchi organik moddalar, jumladan gumusning ayerob 
sharoitda tez minyerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi 
gumus kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo’ladi. Shuning 
uchun ham tuproqda mo’’tadil mikrobiologik jarayonlarning bo’lishi muhim 
ahamiyatga ega. 
Tuproq strukturasining buzilib ketish sabablarini e’tiborga olib strukturani 
saqlab qolishga qaratilgan quyidagi muhim tadbirlardan samarali foydalanish 
zarur: 


1) Tuproqning xossalari va o’ziga xos xususiyatlariga qarab yerga ishlov 
berishning samarali sistemalaridan foydalanish; 
2) Yer o’z vaqtida yetilgan holatda ya’ni agregatlari bir-biriga 
yopishib,kesaklar hosil qilmaydigan paytda haydalishi; 
3) Ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashda organik, mineral o’g’itlardan 
muntazam va samarali foydalanish hamda shu bilan bir qatorda strukturani 
yaxshilab borish chora-tadbirlarini olib borish agronomiyadagi zarur 
tadbirlardandir. 
3. Tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog’liq 
bo’lgan fizikaviy xossalari hamda unda kechadigan fizikaviy jarayonlar tuproqning 
suv, havo va issiqlik rejimlari, shuningdek o’simliklarning o’sib rivojlanishida juda 
katta ahamiyatga ega. Tuproqning fizikaviy xossalariga, uning strukturasi suv
havo, issiqlik, umumiy fizik-mexanikaviy xossalari kiradi. Umumiy fizikaviy 
xossalariga tuproqning zichligi, qattiq fazasining zichligi va kovokligi singarilar 
kiradi. Tuproq qattiq fazasining zichligi (solishtirma massasi) ma’lum hajmdagi 
tuproq qattiq qismining 4 
0
S da shuncha hajmdagi suvga bo’lgan nisbati 
hisoblanadi va 2/sm
3
bilan ifodalanadi. 
Tabiiy holati saqlangan holda olingan ma’lum hajmdagi tuproq massasiga 
uning zichligi yoki hajmiy massasi deyiladi. 
Tuproqning kovakligi zichligidan qat’iy nazar,uning turli zarrachalari orasida 
va struktura agregatlari ichida hamma vaqt ma’lum miqdorda bo’shliklar.g’ovaklar 
mavjud.Bu bo’shliklarda suv, havo bo’lib, o’simliklarning ildizlari, turli 
mikroorganizmlar, tuproq jonivorlari (chuvalchanglar, hashoratlar va boshqalar) 
tarqalgan. Tuproqning fizik-mexanik xossalariga plastikligi, yopishqoqligi, 
ko’pchishi va cho’kishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy 
yetilishi singarilar kiradi. 

Download 301.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling