1. Tuproqdagi issiqlikning roli va uning manbalari. Tuproqning issiqlik xossalari
Tuproqning radiasiya va issiqlik balansi
Download 159 Kb.
|
Tuproqda issiqikk tarqalishining asosiy qonuniyatlari.Tuproqning isish va sovish jarayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq issiqlik rejimining ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari.
Tuproqning radiasiya va issiqlik balansi.Yer yuzasiga keluvchi quyosh energiyasi qisman tuproqqa singib, uning bir qismi atmosferaga qaytariladi. Tuproq yuzasida singdiriladigan va undan nurlanadigan quyosh radiasiyasining kirimi va sarfiga radiasiya balansi deyiladi. Tuproqning radiasiya balansi musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Ana shunga ko‘ra tuproq yuzasining isishi yoki sovushi belgilanadi. Quyosh radiasiyasi tuproq yuzasiga yetib kelgandan keyin, issiklik radiasiyasiga o‘tadi. Issiqlik balansi quyidagi qismlardan iborat: radiasiya balansi ko‘rsatkichi (Rb) dan; transpirasiya va fizik bug‘lanish uchun sarflanadigan issiqlik (It) dan tashkil topgan va bu issiqlik tuproqdagi nam miqdoriga bog‘liq bo‘lib, radiasiya balansining 70- 80 foizgacha yetadi; tuproq yuzasi va uning ancha chuqurligi orasidagi issiqlik almashinuvi uchun sarflanadigan issiqlik (Is); issiqlik oqimi tuproq yuzasidan pastga (yozda, kunduzi) yoki pastdan yuqoriga qarab (qish, kechasi) harakatlanishi mumkin; havoni qizdirish uchun sarflanadigan issiqlik (Ik) dan iborat. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan tuproq yuzasiga ayni vaqtda keladigan issiqlik miqdori, uning sarfiga barobar bo‘lganidan issiqlik balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Rb + It + Is + Ik = 0 Tuproqning issiqlik balansi joyning geografik holati, relyefi, yil mavsumi va sutkaning vaqti, tuproq xossalari, o‘simliklari hamda meteorologik sharoitlari va boshqalarga bog‘liq. O‘rtacha yillik harorat va tuproqning muzlash xarakteriga ko‘ra V.N.Dimo (1972) tuproq issiqlik rejimining quyidagi: muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratadi. Tuproq issiqlik rejimining ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari.Tuproqdagi issiqlik (ma‘lum chegaragacha) qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi shunchalik tez boradi. Yuqori harorat ham o‘simliklarga salbiy ta‘sir etadi. Jumladan, kartoshkada tuganaklarning hosil bo‘lish jarayoni pasayadi. Past haroratda o‘simliklarning o‘sishi susayib, vegetasiya davri cho‘ziladi va o‘simliklar hosili ozayadi. Bunday sharoitda o‘simliklarga tuproqdan nam va oziq moddalar, ayniqsa, fosfor hamda azotning o‘tishi kamayadi, biologik-kimyoviy jarayonlar susayib, oziq moddalarning almashinuvi buziladi. Bularning barchasi ekinlar hosildorligining kamayishiga olib keladi. Tuproq harorati mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga va ular ta‘sirida kechadigan biokimyoviy jarayonlar (organik moddalar qoldiqlarining parchalanishi, ammonifikasiya, nitrifikasiya va boshqa jarayonlar) ga katta ta‘sir etadi. Ko‘pchilik mikroorganizmlar uchun optimal harorat 25-35 atrofidadir. Tuproq haroratining oshishi bilan tuproq eritmasidagi gazlarning eruvchanligi kamayadi, ammo kimyoviy reaksiyalar aktivligi oshadi. Qo‘llaniladigan o‘g‘itlar samarasi, tuproqdagi namning bug‘lanishi va uning tuproq gorizontlari bo‘ylab tarqalishi ham haroratga bog‘liq. Tuproqning issiqlik rejimi sharoitlarini yaxshilash yo‘li bilan quyosh radiasiyasini tartibga solish, uning ta‘sir kuchini pasaytirish yoki havoga tarqalishi bilan uning yo‘nalishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Shimoliy rayonlarda yozgi mavsumda namlik yuqori bo‘lishi va quyosh radiasiyasining kam tushishi sababli, tuproq haroratini oshirishga, Janubiy qurg‘oqchil rayonlarda esa, uni pasaytirishga qaratilgan tadbirlar olib boriladi. Quyosh issiqligini tartibga solish tadbirlari sistemasiga tuproq yuzasini o‘simlik qoplami bilan soyalantirish va mulchalash, yerni ishlashning ba‘zi usullaridan (yumshatish, qatok bosish) foydalanish, ekinlarni pushtaga ekishni qo‘llanish singarilar kiradi. O‘simlik qoplami tuproq yuzasini soyalantirib, quyosh issiqligining kelishini kamaytiradi, shu bilan haroratning pasayishiga olib keladi. Mulchalash, ya‘ni mayda torf, chirindi, go‘ng, somon, mulcha qog‘ozi, plyonka kabi turli materiallar bilan tuproq yuzasini yopish yoki berkitish orqali tuproq harorati tartibga solinadi. Bu agrotexnik usul ayniqsa, sabzavotchilikda keng ishlatiladi. Har qanday mulcha bilan yopilgan tuproq yuzasidan namning bug‘lanishi va shu bilan issiqlik sarfi ham kamayadi. Mulchalash issiqlikning sutkalik o‘zgarishini tartibga soladi. Mulchalash keyingi yillarda paxtachilikda ham qo‘llanila boshlandi. M.V.Muhammadjonovning ma‘lumotiga ko‘ra (1982) g‘o‘za ekilgan qatorlarni yupqa (0,5 mm) qora plyonka bilan mulchalash orqali asosan qalin qatqaloq hosil bo‘lishining oldini olishga, tuproq haroratini 1,5-40S ko‘tarishga, chigitlarning to‘la to‘kis unib chiqishiga, o‘simliklar rivojini 8-10 kunga tezlashtirishga va paxta hosilini gektariga 5-6 s oshirish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Yerni ishlash va tuproqning ustki qismini yumshatish tuproq issiqligining tez almashib turishini ta‘minlaydi. Tuproq haroratini tartibga solishning eng muhim vositalaridan yana biri, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishdir. Sabzavotchilikda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash uchun tuproq yuzasi va havoning quyi yer usti qatlamini isitish tadbirlaridan foydalaniladi. Shu maqsadda bioyoqilg‘i, issiq suv, bug‘ va elektr isitkichlardan foydalanish va plyonka bilan yopish usullari qo‘llaniladi. Tuproq haroratini oshirish uchun bug‘ va issiq suv bilan isitish usulidan keng foydalaniladi. Shu maqsadda tuproqning yuqori madaniy qatlamlaridan 40-70 sm chuqurlikda qilib, trubalar o‘tkaziladi va ular orqali issiq suv, bug‘ yuboriladi. Sovuq davrlarda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash, uchun qor to‘plash meliorasiyasidan foydalaniladi. Qor to‘plangan maydonlarda kuzgi-qishki ekinlar muzlashdan saqlanadi, tuproqda nam ko‘payadi va natijada ekinlar hosili oshadi Asosiy adabiyotlar: 1. Д.Р.Меркин. Введение в теорию устойчивости движения. – М.: Наука 1987. 2. Абгарян К.А. Устойчивость движения на конечном интервале // Итоги науки и техники. Сер. Обшая механика. – М.:ВИНИТИ. 1976. 3. Барбашин Е.А. функция Ляпунова. – М.: Наука, 1970. 4. Беллман Р. Теория устойчивости решенич дифференциальных уравнений: Пер. с англ. – М.:Ил,1954. 5. Демидович Б.П. Лекции по математической теории устойчивости. – М.: Наука, 1978. Qo‘shimcha adabiyotlar: 6. Гелиг А.Х., Леонов Г.А., Якубович В.А. Устойчивость нелинейных систем с неединственным состоянием равновесия. – М.: Наука, 1978. 7. Румянцев В.В. Об устойчивости движения по отношению к части переменных // Вестник МГУ. – 1957. 8. Попов В.М. Гиперустойчивость автоматических систем: Пер. с рум. – М.: Наука, 1970. 9. Четаев Н.Г. Устойчивость движения, Работы по аналитической механике. – М.: АН 1962 Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling