To’g’ri Javob: Niyat qilish
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. Badanning hamma yeriga bir marta suv yetkazmoqlik vojibdir. Agar badanning ozgina joyiga suv yetmay qolsa ham, g‘usl durust bo‘lmaydi. Yana jasaddagi chuqurchalarga, ya’ni kindik va shunga o‘xshash a’zolarga ham suv yetishi shart. Va yana g‘usl qilishdan oldin badandagi har qanday suvni to‘suvchi xamir, yog‘, ko‘z atrofiga yig‘ilib qoladigan kir, burunning kiri, ba’zi ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lakka o‘xshash narsalarni ketkazish lozimdir. Agar qimirlatmasa, ostiga suv yetmaydigan uzuk, bilaguzukka o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni ham aylantirib suv yetkazish kerak. Ayollarga o‘rilgan sochlarini yechib, hammasini ho‘l qilish shart bo‘lmaydi. Balki sochning asli chiqqan joyini ho‘l qilishlari kifoya bo‘ladi. Ammo erkaklarning sochlari o‘rilgan bo‘lsa ham yechib, hammasini ho‘l qilishlari farz bo‘ladi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)
3. G’uslning 3-farzi butun badanni qoldirmay yuvishdir. Ayollar o’rilgan sochlarini g’uslda to’la yuvishlari shartmi?
a) uni to‘la, soch taglari va o‘rimlarini ham birga ho’llab qo’yish kifoya qiladi.
b) sochlarini bir marta suvga pishib, tarab, ichlariga suv kiritish kerak bo’ladi.
c) uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
To’g’ri Javob: uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
Izoh: G‘usl komil bo‘lishi uchun uning farz va sunnatlarini bilish muhimdir. G‘uslning uch farzi bor: 1) og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvish; 2) burunni dimoqqacha (dimoq achishgulik darajada) chayish va 3) butun badanni qoldirmay yuvish. Ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas («Hidoya»).
Do'stlaringiz bilan baham: |