14. Islomda eng avval qon to'kkan sahobiy kim?
a) Ammor ibn Yosir
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Sa'd ibn Abu Vaqqos
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
Izoh: Bir kuni hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir necha sahobalar bilan tog’ ichida yashirincha namoz o’qib turgan chog’larida Quraysh mushriklaridan bir to’p kishilar kelib qoldilar. Bularning namoz o’qishlariga qattiq g’azablanib, inkor qildilar. Har ikki taraf o’z so’zlarini isbotlash ustida bir qancha tortishuvlar bo’ldi. Buning bilan mushriklar qanoatlanishmay, o’rtadin urush chiqardilar. Qurolsiz bo’lgan bu urushda hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir mushrikni tuya suyagi bilan urganda, uning boshi yorildi. Islom boshlanishida eng avval to’kilgan qon shu edi. ("Tarixi Muhammadiy")
15. "Insonni ota-onasiga yaxshi muomala qilishga buyurdim. Agar ota-onang noma’lum bir narsani menga sherik keltirishga (buyurib) zo‘rlasa, itoat etma. Sizlar mening dargohimga qaytib borasizlar, sizlarga o‘z qilmishinglarni ayon qilaman", oyati qaysi sahobiyning onasi o'g'lining Islomga kirganidan norizo bo'lgan paytida nozil bo'lgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa'd ibn Abu Vaqqos
c) Zubayr ibn Avvom
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos Islomni qabul qilganini onasidan ancha payt yashirib yurdi, lekin har ishni nihoyasi bo’lgani kabi bu ish ham vaqti kelib oshkor bo’ldi. Va ona o’z o’g’lini yana jaholatga qaytarish cuhun hamma usulni qo’lladi. Hech bir amali kor qilmagaidan keyin, ona:”Agar sen ota-bobolaringni diniga qaytmas ekansan, emn hech narsa yemayman ham, ichmayman ham”, deya qasam ichdi. Shunda Sa’d ibn Abu Vaqqos onasiga qarab: “Ey ona, men seni qanchalik yaxshi ko’rishimni bilasan, lekin agar seni yuzta joning bo’lsayu, ko’z o’ngimda yuz marta o’lsang ham bu dinimdan qaytmayman”, dedi-da mahzun holda Rasululloh sav oldilariga maslahat olish uchun yo’l oldi. Bu paytda Rasululloh sav Alloh taoloning yuqorida keltirilgan “Luqmon” surasining 14-15 oyati karimalarini vahiy orqali qabul qilayotgan edilar.
”Saodat asri qissalari”.
Do'stlaringiz bilan baham: |