1. Turizm to‘g‘risida tushuncha Turizm turkum (kategoriya) lari
Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar
Download 122.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 maruza
1.5. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar
Iqtisodiy omillar. Turizm rivojlanishiga makroiqtisodiy omillar bilan bir qatorda mikroiqtisodiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Makroiqtisodiy berqarorlik, ishsizlik darajasini o‘sishi, pulning qadrsizlanishi kabilar jamiyatni qo‘zg‘atadi va bezovta qiladi. Ayrim hollarda esa kishilar ishi o‘z uyida qolib, hech qayoqqa sayyohatga bormasdan o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Qachonki, biror mamlakatning iqtisodiyoti yuksalishda bo‘lsa, qaysi kim ishlab chiqarish imkoniyatlari, ya’ni valyutalar miqdorining ortib borishi bilan belgilanadi. Qaysi bir mamlakatda turizmdan keladigan foyda YAIMda salmog‘i anchagina bo‘lgan taqdirda investitsiyalar ya’ni mehmonxonalar qurishga va infratuzilmasini rivojlantirishga sarf etiladi. Shu bilan birga milliy daromadini o‘sishi, ayniqsa aholi shaxsiy ehtiyoji qobiliyatini qondirishga qaratilgan xarajatlarning o‘sishi darajasi, ularning sayyohlikka bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Kishilarning dam olishida turistik mahsulotlar va turistik tovarlar bahosi eng muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, turizmni moliyalashtirishda valyuta kursi muhim rol o‘ynaydi. Valyuta almashtirishning soddaligi, uning osonligi kabilar. 2002 yil 1 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqi (YEI) davlatlari o‘rtasida yevroning muomalaga kiritilgani. Ushbu hududdagi sayyohlar uchun yagona valyutaga o‘tilishi juda katta imkoniyatlar to‘g‘diradi. Savdo aloqalari. Horijiy mamlakatlarda sayyohatga boradigan turistlar, odatda, o‘sha yerda nimalarni xarid qilishi qiziqtiradi. Bu noyob, mahalliy hunarmandchlik mahsulotlarini, suvenerlarni, qarindosh urug‘lari, oila a’zolari uchun xarid qilishidir. Bunday suvenerlar, sovg‘alar odatda sayyohlar gavjum joylarda magazinlarda, do‘konchalarda sotiladi. Turizm rivojlangan bir qator mamlakattlarda xorijiy davlatlardan keladigan sayyohlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda sanoat eksportini rivojlantiradi. Hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirligi (BAA), Gretsiya, Italiya, Singapur, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar xorijiy turistlarga uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar (kiyim-kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, elektornika, radio, telefon, televizor, videotexnika asboblar)ini sotishga kirishganlar. Siyosiy omillar. Siyosiy omillarga kelganda turistlarni qabul qilib oluvchi va turistlarni jo‘natuvchi mamlakatlarda muhim turistik marshrutlar yo‘nalishidagi hududlarda, mintaqalarda siyosiy vaziyatning holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, mamlakatdagi ichki vaziyatning qay darajada turg‘unligi ko‘p hollarda xalqaro turizm oqimining yo‘nalishini belgilaydi. Tabiiyki, davlatlararo turistlarni almashtirishda, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvchilik munosabatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatdagi diplomatik aloqalar, turizm sohasidagi kelishuvlar, shartnomalar, kommunikatsiyalar va transport vositalaridan hamkorlikda foydalanish, turistik reklamalarni bir-birlari bilan almashtirish-bularning hammasi turizmning rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy - demografik omillar. Dunyo mamlakatlarida demografik jarayonlar (aholining tug‘ilishi, o‘limi, tabiiy ko‘payishi, aholi migratsiyasi kabilar) ham xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yer sharining turli davlatlarida, hududlarida va mintaqalarida aholi sonining ko‘payib borishi, ayniqsa shahar aholisi aglomeratsiya doirasining borgan sari kengayib borishi kishilarning dam olishi va sayyohlikka chiqishni taqazo qiladi. Shu borada turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik omillarni quyidagicha ifodalash mumkin: dunyo xalqlaridagi bir-biriga o‘xshashlik bo‘lish umumiy tomonlari, ularning qiziqishlari h.k; ayrim malakaviy sohalardagi kishilarning maxsus sayyohlik guruhda faol ishtirok etishning kuchayib borishi; turizm tarkibidagi xotin-qizlar va yoshlar salmog‘ining ortib borishi; xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan kurort va sanatoriyalar tarmog‘ining ko‘payib borishi, ularda davolanishga moil bo‘lgan kasallar sonining ortib borishi; kishilarning atrof muhitga bo‘lgan qarashlari, tushunchalari va munosabatlarning o‘zgarib borishi h.k. juda katta rol o‘ynaydi. Download 122.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling