1. Turizm to‘g‘risida tushuncha Turizm turkum (kategoriya) lari
Turistik infratuzilmalar
Download 122.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.9. Ilmiy –texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar)
1.8. Turistik infratuzilmalar
Turistik infratuzilmalar o‘z tarkibiga mehmonxonalar, ovqatlanish korxonalari, aloqa yo‘llari yig‘indisi (yo‘llar, shox yo‘llar, aeroportlar, kemalar to‘xtaydigan joylar h.k.), kommunikatsiyalar (suv quvurlari, elektr tarmoqlari, markaziy isitish korxonalari, oqova suv tarmoqlari, axlat to‘plovchi korxonalar, telefon, aloqa, (pochta bo‘limlari), huquqni himoya qilish, jamoat – tartibini saqlovchi idoralar, tibbiyot tashkilotlari, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, do‘konlar, sport inshoatlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan chambarchas holda bog‘langandir. Turistik infratuzilmalar turistik zaruriy shart-sharoitlarini, sayyohlarning xavfsizligi, sog‘lik-salomatligini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumki, sayyoh uchun qaysi bir joyda tinchlik osoyishtalik, maishiy qo‘laylik yaratilgan bo‘lsa, u o‘sha joyga borishga intiladi. Turist avtomobildami, poyezddami, mehmonxonadami qisqasi qayerda bo‘lmasin u o‘zini xavf – xatarsiz holda sezishi, unga zarurat birinchi yordam ko‘rsatilishi zarur. Moboda zarurat tug‘ilsa, u yer kurrasining har qanday joyi bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, yuqori darajada tibbiyot maslahatlari, zaruriy servis xizmati olish imkoniga ega bo‘ladi. 1.9. Ilmiy –texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar) Fan-texnika yutuqlari turizm industriyasi va mehmondo‘stlikda, yo‘lovchilar tashishda, axborotlar almashish sohalarida keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Havo trasnportida yangi zamonaviy tez yurar, yirik passajirlar tashishga mo‘ljallangan havo kemalarning ishlab chiqarilishi sababli sayyohlarga xizmat ko‘rsatish rivojlanib bormoqda. Temir yo‘l transporti sohasida texnologik omillar borgan sari rivojlanib, o‘z aksini poyezdlar qatnovi tezligini oshirilishi bilan ifodalanadi. Hozirgi kunda Yaponiya va Fransiya kabi mamlakatlarda tez yurar pasajjir poyezdlar tezligini soatiga 485 km.ga yetkazishga erishildi. Temir yo‘l transportining aviatsiya transportidan afzalligi shundan iboratki, temir yo‘l vokzallari shahar markazida joylashgan bo‘lib, sayyohlar uchun qulay imkoniyatlar tug‘diradi. Telekommunikatsiya texnologiyalari va elektronika sanoatining rivojlanishi kompyuter tizimida mehmonxona o‘rinlarini, transportda chiptalarni band qilishga imkon yaratdi. Yangi texnologilarning paydo bo‘lishi turistik mahsulotlarni tashkil etishda va ularni sotishda sifat o‘zgarishlariga sabab bo‘ldi. Xalqaro turizmning kelajakda rivojlanishi birinchi o‘rinda turistik mahsulotlarning takomillashuvi, professional turagentlik tarmoqlarining rivojlanishini, tur operatorlar mahsulotlari sohasi, marketing xizmatlarining foydalanish darajasi va inson omillari bilan bog‘liqligi bo‘lib hisoblanadi. Download 122.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling