1. Turkiston o`lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar. Chorizm maktab siyosatining boshlanishi. Rus-tuzem maktablari


Download 233.29 Kb.
bet7/7
Sana19.06.2023
Hajmi233.29 Kb.
#1614851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qurvonnazarov Ixlos

Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) Qo`qonda tabib oilasida tug`iladi. Maktab, keyin madrasada o`qiy boshlaydi. Lekin madrasadagi ta’limdan qoniqmay, mustaqil ravishda klassiklarimiz asarlarini o`rganadi.
16 yoshdan yozuvchilikni boshlaydi. 1911 yili Qo`qonning Hojibek go`zarida maktab ochib, yetim va kambag`al bolalarni o`qitadi. Kambag`al bolalarni o`qiy olishlari uchun «Yordam jamiyati» tashkil etadi. Kattalar uchun kechki kurs tashkil qiladi. Bunga 16 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarni qabul qiladi.
Chor hukumati amaldorlari Hamzaning maktabini xavfli deb topib, uni yopadi va o`zini ta’qibga oladi. 1913-14 yillarda chet ellarga ketadi.
1914 yili qaytib kelgach, kambag`allar uchun tekin maktab ochishga harakat qiladi. 1914 yil 4 oktabrda «Yetimlar maktabi» ochadi, lekin bu tezda yopiladi.
Hamza Marg`ilonga ketadi va u yerda bir kishining tashqi hovlisida 1915 avgustda yangi usul maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi.
Hamza 1914 yili «Birinchi sinf talablari uchun maxsus yengil adabiyot» va 2- sinflar uchun «O`qish kitobi» tuzadi.
Hamza 1918 yildan Farg`onada o`qituvchilik ishini davom ettiradi.
1919 yildan Qo`qondagi 1 son boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Xorazm va Qoraqalpog`istonda ishlab keladi.
U o`z pedagogik faoliyatida va ijodida xotin-qizlarning ilm olishiga, jamiyat ishlarida qatnashishiga jiddiy e’tibor beradi. Hamza mohir pedagog, yozuvchi, kompozitor sifatida xalqimizga sidqidildan xizmat qiladi. (Avloniy va Hamzaning pedagogik qarashlari seminarda to`liq o`rganiladi).
Download 233.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling